مَا كَانَ لِلنَّبِىِّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن يَسْتَغْفِرُوا۟ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُوٓا۟ أُو۟لِى قُرْبَىٰ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَحِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambar va mo`minlar uchun do`zax egalari ekanligi ayon bo`lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo`lsa ham, istig`for aytishlari durust emasdir.Пайғамбар ва мўминлар учун дўзах эгалари эканлиги аён бўлган мушрикларга, агар яқин қариндошлари бўлса ҳам, истиғфор айтишлари дуруст эмасдир.Alauddin Mansour: Na paygʻambar va na bu moʻminlar — agar mushriklar qarindoshlari boʻlsa ham — ularning doʻzax egalari ekanliklari aniq maʼlum boʻlganidan keyin, u mushriklar uchun magʻfirat soʻrashlari joiz emasdir.На пайғамбар ва на бу мўминлар — агар мушриклар қариндошлари бўлса ҳам — уларнинг дўзах эгалари эканликлари аниқ маълум бўлганидан кейин, у мушриклар учун мағфират сўрашлари жоиз эмасдир.
Oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida Imom Ahmad Ibn Musayyibdan, u esa otasidan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Abu Tolibning vafoti yaqinlashganda uning oldiga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam kirdilar. Uning huzurida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey amaki, la ilaha illallohu, desang, Alloh huzurida sen haqingda duo qilaman»,–dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayyalar esa:
«Ey, Abu Tolib, Abdulmuttolibning dinidan yuz oʻgirasanmi?»– dedilar. U boʻlsa:
«Men Abdulmuttolibning dinidaman»,–dedi. Bas, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Agar man qilinmasam, sening uchun istigʻfor aytaman»,–dedilar. Shunda, Alloh taolo:
«Paygʻambar va moʻminlar uchun doʻzax egalari ekanligi ayon boʻlgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari boʻlsa ham, istigʻfor aytishlari durust emasdir» oyatini nozil qildi».
Demak, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamgaki ruxsat yoʻq ekan, boshqalarga boʻlmasligi aniq gap. Bu yerda iymon va eʼtiqod aloqasi hamma aloqalardan ustun turishi yaqqol koʻrinib turibdi. Moʻmin kishi uchun hamma narsadan iymoni afzal, shuning uchun, u avvalo iymon, din qardoshlari ila aloqa va bogʻlanishlarni yoʻlga qoʻyadi. Qon-qardoshlik aloqasi esa, bu joyda hech narsani hal qilmaydi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va moʻminlarga mushriklar uchun istigʻfor aytish joiz emasligini bayon qiluvchi bu oyati karimadan keyin oʻz-oʻzidan bir haqli savol paydo boʻladi. U savol: «U holda, nima uchun Ibrohim alayhissalom oʻzining mushrik otasi uchun istigʻfor aytgan?» degan savoldir.
Arabiston yarim orolida, xususan, Makkada Ibrohim alayhissalomning qissalari mashhur edi. Chunki, qissa aynan shu yerlarda boʻlib oʻtgandi. Makkaliklar oʻzlarining Ibrohim alayhissalom dinidan ekanliklari bilan faxrlanar edilar. Kelasi oyatda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsha savolga javob kelmoqda.