QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят112

ٱلتَّـٰٓئِبُونَ ٱلْعَـٰبِدُونَ ٱلْحَـٰمِدُونَ ٱلسَّـٰٓئِحُونَ ٱلرَّٰكِعُونَ ٱلسَّـٰجِدُونَ ٱلْـَٔامِرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱلنَّاهُونَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱلْحَـٰفِظُونَ لِحُدُودِ ٱللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro`za tutuvchilar, ruku' qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mo`minlarga xushxabar ber!Улар тавба қилувчилар, ибодат қилувчилар, ҳамд айтувчилар, рўза тутувчилар, рукуъ қилувчилар, сажда қилувчилар, яхшиликка буюриб, ёмонликдан қайтарувчилар, Аллоҳнинг чегарасида турувчилардир. Ва мўминларга хушхабар бер!Alauddin Mansour: (Ular — tavba qilguvchilar Allohning Oʻzigagina) ibodat qilguvchilar, shukr qilguvchilar, roʻza tutguvchilar, rukuʼ-sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan toʻxtatguvchilar va Alloh belgilab qoʻygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qilguvchi (moʻminlar)dir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bu moʻminlarga jannat xushxabarini yetkazing!(Улар — тавба қилгувчилар Аллоҳнинг Ўзигагина) ибодат қилгувчилар, шукр қилгувчилар, рўза тутгувчилар, рукуъ-сажда қилгувчилар, яхшиликка буюргувчилар, ёмонликдан тўхтатгувчилар ва Аллоҳ белгилаб қўйган қонун-қоидаларга доимий риоя қилгувчи (мўминлар)дир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бу мўминларга жаннат хушхабарини етказинг!

205-sahifa · 11-juz · 21-hizb205-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلتَّـٰٓئِبُونَtavba qiluvchilarтавба қилувчиларٱلْعَـٰبِدُونَibodat qiluvchilarибодат қилувчиларٱلْحَـٰمِدُونَhamd aytuvchilarҳамд айтувчиларٱلسَّـٰٓئِحُونَroʻza tutuvchilarрўза тутувчиларٱلرَّٰكِعُونَrukuʼ qiluvchilarрукуъ қилувчиларٱلسَّـٰجِدُونَsajda qiluvchilarсажда қилувчиларٱلْـَٔامِرُونَbuyuruvchilarбуюрувчиларبِٱلْمَعْرُوفِyaxshilikkaяхшиликкаوَٱلنَّاهُونَva qaytaruvchilarва қайтарувчиларعَنِ-dan-данٱلْمُنكَرِyomonlikёмонликوَٱلْحَـٰفِظُونَva turuvchilardirва турувчилардирلِحُدُودِchegarasidaчегарасидаٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَبَشِّرِva xushxabar berва хушхабар берٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларга
TafsirТафсир

Bu oyati karimada moʻmin kishining bir necha sifatlari zikr qilinmoqda, agar ularda bu sifatlar mavjud boʻlsa, moʻminlik sharafiga erishadilar va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam beradigan xushxabarga haqli boʻladilar:

«Tavba qiluvchilar»–bilib-bilmay sodir etgan hamma gunohlaridan tavba qilib qaytadilar. Gunohlarga chin qalbdan afsus- nadomat chekadilar va uni ikkinchi qayta takrorlamaydilar.

«Ibodat qiluvchilar»–Robbilariga domiy ravishda, ixlos bilan ibodat qiladilar, Uning amrlarini bajarib, nahyilaridan qaytadilar.

«Hamd aytuvchilar»–yaʼni, Alloh taologa hamdu sano va maqtovlar aytib, shukr qilib yashaydilar.

«Roʻza tutuvchilar»–bu ham moʻmin bandaning eng ulkan sifatlaridandir. Allohning roziligi uchun oʻz ixtiyori bilan yemoq-ichmoq va turli lazzatli hamda shahvatli narsalarni tark etish oliyjanob sifatdir.

«Rukuʼ qiluvchilar, sajda qiluvchilar»–namoz oʻquvchilar, yaxshilab oʻquvchilar. Namoz dinning ustuni boʻladiyu, moʻmin kishining asosiy sifati boʻlmasmidi?

«Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar»–buni shariat tilida amru maʼruf, nahyi munkar deyiladi. Yaʼni, moʻmin kishi faqat oʻzini oʻylaydigan xudbin shaxs boʻlmaydi. Balki oʻziga yetgan yaxshiliklarning boshqalarga ham yetishini oʻylaydi. Buning uchun amaliy harakat ham qiladi. Chunki, Islom dini unga oʻzgalarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishni farz qilgandir.

«Allohning chegarasida turuvchilardir».

Dunyodagi har bir yaxshiyu yomon ishni Alloh taolo Oʻz dini orqali bayon qilib, chegaralab koʻrsatib qoʻygandir. Moʻmin inson ana oʻsha chegaralardan chiqmaydi. Alloh taoloning koʻrsatmalariga toʻgʻri amal qilib yashaydi. Ushbu sifatlarga ega boʻlganlar–moʻminlardir. Ey Paygʻambar:

«Va moʻminlarga xushxabar ber!»

Mazkur sifatlarni oʻzlarida mujassam qilganlari uchun, ular ikki dunyoning saodatiga sazovordirlar.

Kelgusi oyatlarda Alloh bilan yuqorida zikr etilgan savdoni qilgan va mazkur sifatlarga ega boʻlgan moʻminlar ularga qoʻshilmagan mushrik va kofir, yaʼni oʻsha sifatlarga ega boʻlmaganlar bilan qanday munosabatda boʻlishlari bayon qilinadi: