QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят111

۞ إِنَّ ٱللَّهَ ٱشْتَرَىٰ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَٰلَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلْجَنَّةَ ۚ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ ۖ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ وَٱلْقُرْءَانِ ۚ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِۦ مِنَ ٱللَّهِ ۚ فَٱسْتَبْشِرُوا۟ بِبَيْعِكُمُ ٱلَّذِى بَايَعْتُم بِهِۦ ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh mo`minlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yo`lida jang qilurlar, o`ldirurlar va o`ldirilurlar. Bu, Tavrotda, Injilda va Qur'onda Uning zimmasidagi haq va'dadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod bo`lavering. Ana shuning o`zi ulkan yutuqdir.Албатта, Аллоҳ мўминлардан уларнинг жонлари ва молларини жаннат эвазига сотиб олди. Улар Аллоҳнинг йўлида жанг қилурлар, ўлдирурлар ва ўлдирилурлар. Бу, Тавротда, Инжилда ва Қуръонда Унинг зиммасидаги ҳақ ваъдадир. Аллоҳдан ҳам аҳдига вафодорроқ ким бор? Ким Аллоҳга берган аҳдига вафо қилса, бас, қилган савдоларингиздан шод бўлаверинг. Ана шунинг ўзи улкан ютуқдир.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh moʻminlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh yoʻlida jang qilishib (kofirlarni) oʻldiradilar va (oʻzlari ham Alloh uchun shahid boʻlib) oʻldiriladilar, (bunday moʻminlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qurʼonda Oʻzining haq vaʼdasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey moʻminlar), qilgan bu savdolaringizdan shod boʻlingiz. Mana shu haqikiy buyuk baxtdir.Албатта, Аллоҳ мўминларнинг жонларини ва молларини улардан жаннат баробарига сотиб олди — улар Аллоҳ йўлида жанг қилишиб (кофирларни) ўлдирадилар ва (ўзлари ҳам Аллоҳ учун шаҳид бўлиб) ўлдириладилар, (бундай мўминларга жаннат берилишига) Аллоҳ Таврот, Инжил ва Қуръонда Ўзининг ҳақ ваъдасини бергандир. Аллоҳдан ҳам аҳдига вафодорроқ ким бор? Бас, (эй мўминлар), қилган бу савдоларингиздан шод бўлингиз. Мана шу ҳақикий буюк бахтдир.

204-sahifa · 11-juz · 21-hizb204-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳٱشْتَرَىٰsotib oldiсотиб олдиمِنَ-dan-данٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминларأَنفُسَهُمْularning jonlariniуларнинг жонлариниوَأَمْوَٰلَهُمva mollariniва моллариниبِأَنَّevazigaэвазигаلَهُمُulargaуларгаٱلْجَنَّةَ ۚjannatжаннатيُقَـٰتِلُونَjang qiladilarжанг қиладиларفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَيَقْتُلُونَbas, oʻldiradilarбас, ўлдирадиларوَيُقْتَلُونَ ۖva oʻldiriladilarва ўлдириладиларوَعْدًاvaʼdadirваъдадирعَلَيْهِUning zimmasidagiУнинг зиммасидагиحَقًّۭاhaqҳақفِى-da-даٱلتَّوْرَىٰةِTavrotТавротوَٱلْإِنجِيلِva Injildaва Инжилдаوَٱلْقُرْءَانِ ۚva Qurʼondaва Қуръондаوَمَنْva kimва кимأَوْفَىٰvafodorroqвафодорроқبِعَهْدِهِۦoʻz ahdigaўз аҳдигаمِنَ-dan-данٱللَّهِ ۚAllohАллоҳفَٱسْتَبْشِرُوا۟bas, shod boʻlaveringбас, шод бўлаверингبِبَيْعِكُمُsavdolaringizdanсавдоларингизданٱلَّذِىoʻshaўшаبَايَعْتُمsiz qilganсиз қилганبِهِۦ ۚu bilanу биланوَذَٰلِكَva ana shuва ана шуهُوَoʻziўзиٱلْفَوْزُyutuqdirютуқдирٱلْعَظِيمُulkanулкан
TafsirТафсир

Ushbu oyatda iymon va Islomga kirishni bir savdo ishi sifatida vasf qilinmoqda. Bu savdo aloqasida Alloh taolo xaridoru, moʻmin inson–sotuvchi. Moʻmin-musulmon boʻlish bilan inson oʻz joni va molini Allohga sotadi. Alloh taolo esa, moʻmin-musulmon bandasiga joningni va molingni mening yoʻlimga tiksang, Men buning evaziga jannatni beraman, deb sotib oladi.

«Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi», degani shu maʼnoni anglatadi. «Sotib oldi», yaʼni, savdo tugadi. Shuning uchun, har bir moʻmin- musulmon shaxs savdoni buzmasligi, Allohga sotgan joni va molini berishga doim tayyor turmogʻi lozim.

Mazkur savdo ahdnomasiga binoan:

«Ular Allohning yoʻlida jang qilurlar, oʻldirurlar va oʻldirilurlar».

Chunki, avvalda kuchga kirgan savdo ahdnomasi shuni taqozo qiladi. Moʻminlar oʻz jonlari va mollarini jannat badaliga Allohga sotganlar. Ular lozim paytda darhol Allohning yoʻlida jangga kiradilar, kofirlar va Allohning dushmanlarini oʻldiradilar. Buning evaziga ulkan ajr va savoblar oladilar. Yoki urush taqozosiga koʻra dushman tomonidan oʻldiriladilar va shahid boʻlib Alloh bilan tuzgan savdo ahdlari boʻyicha haqlarini oladilar, jannatga kiradilar.

«Bu, Tavrotda, Injilda va Qurʼonda Uning zimmasidagi haq vaʼdadir».

Yaʼni, yuqorida aytilgan ishlar Allohning zimmasida ekanligi Tavrotda ham, Injilda ham, Qurʼonda ham bitilgan haq vaʼdadir. Faqat, bandalar bergan ahdlariga vafo qilsalar bas. Alloh taolo esa, vaʼdasiga xilof qilmaydi.

«Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor?»

Alloh taolo Oʻz vaʼdasiga xilof qilmasligi, Oʻz bandalariga vaʼda qilgan narsalarini ato etishi turgan gap. Ammo, buning uchun bandalarning oʻzlarida isteʼdod boʻlishi kerak.

«Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod boʻlavering».

Chunki, sizga bu savdodan, albatta, foydalar keladi.

«Ana shuning oʻzi ulkan yutuqdir».

Shu bilan birga, moʻmin-musulmonlar boshqa sifatlarga ham ega boʻlishlari lozim.