لَا يَزَالُ بُنْيَـٰنُهُمُ ٱلَّذِى بَنَوْا۟ رِيبَةً فِى قُلُوبِهِمْ إِلَّآ أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladir. Magar qalblar qiymalanib ketsagina, shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.Барпо қилган бинолари қалбларида шак-шубҳа ҳолида бардавом қоладир. Магар қалблар қиймаланиб кетсагина, шак-шубҳа қолмас. Аллоҳ билгувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Qurgan binolarining (buzib tashlanishi) ularning koʻngillarida shak-shubha boʻlib qolur. Magar yuraklari yorilib — jonlari chiqib ketsagina (shak-shubha ham yoʻq boʻlur). Alloh bilim va hikmat Sohibidir.Қурган биноларининг (бузиб ташланиши) уларнинг кўнгилларида шак-шубҳа бўлиб қолур. Магар юраклари ёрилиб — жонлари чиқиб кетсагина (шак-шубҳа ҳам йўқ бўлур). Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.
Masjidul Ziror boʻlgan bino qulab tushdi. Qulaganda ham jahannam oʻtiga quladi. Ammo, qoldiqlari uni barpo qilganlar qalbida doimiy shak va shubha holida davom etadi. Doimo ularga zulmlarini, Islomga va musulmonlarga qarshi qilgan urinishlarini va buning sababidan doʻzaxga tushishlarini eslatib turadi. Toʻgʻri, istisno bir holat ham bor. Ularning qalbida shak-shubha qolmasligi mumkin. Bu holat faqat qalblari qiymalanib ketsa, yaʼni oʻzlari oʻlib bitsalargina boʻlishi mumkin:
«Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir».
U zot hamma narsani bilib turadi. Jumladan, kim taqvo asosida, Allohning roziligi uchun ish qilayotganini ham biladi. Kim buzgʻunchilik niyatida, Allohning diniga, musulmon bandalariga qarshi ish qilayotganini ham biladi.
Hamda ularning amallarini hakim sifati ila hikmat asosida muolaja qiladi.
Garchi ushbu oyati karimalar Madiynai Munavvarada Abu Omir fosiqning amri bilan munofiqlar qurgan Masjidul Ziror haqida nozil boʻlgan boʻlsa ham, hukmi umumiydir. Keyingi davrlarda kimki Masjidul Zirorga oʻxshash ishlarni qilsa, mazkur oyatlar taxtiga dohil boʻlaveradilar. Masjidul Zirorning oqibati oyatda ochiq- oydin aytilib turibdi.
Imom ibn Kasir Masjidul Zirorning holi voqelikda nima boʻlgani haqida ham bir necha rivoyatlar keltirgan:
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu: «Ziror uchun qurilgan masjiddan Rasululloh davrlarida tutun chiqib turganini koʻrdim»,– deydilar.
Ibn Jurayj esa: «Bizga zikr qilinishicha, baʼzi odamlar oʻsha joydan chuqur qazishganda ham tutun chiqqan ekan»,–deydi.
Xalaf ibn Yasir al-Kufiy: «Alloh taolo Qurʼonda zikr qilgan munofiqlarning masjidini koʻrdim. Uning toshidan ham tutun chiqib turibdi. U bugungi kunda axlatxona ekan»,–deydi.
Buzgʻunchilik, Allohning diniga va musulmonlarga zarar yetkazish maqsadida qilingan har bir ishning oqibati–shu.
«Tavba» surasining soʻngidagi oyatlarda Islom jamiyatining yana baʼzi bir aloqalari haqida bayonotlar keladi. Jumladan, ushbu jamiyatning oʻz Robbisi–Alloh taolo va boshqalar bilan boʻladigan aloqasi, Islom dinining haqiqatlari, taklifotlari va boshqa masalalar muolaja qilinadi.