أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَـٰنَهُۥ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَـٰنَهُۥ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَٱنْهَارَ بِهِۦ فِى نَارِ جَهَنَّمَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Binosini Allohga bo`lgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam o`tiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.Биносини Аллоҳга бўлган тақво ва Унинг розилиги асосида қурган кимса яхшими ёки биносини емирилаётган жар ёқасини асос қилиб қуриб, у билан бирга жаҳаннам ўтига қулаган кимса яхшими? Ва Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: Bas, bu binolarini Allohdan qoʻrqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu sababli oʻzi ham jahannam oʻtiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas.Бас, бу биноларини Аллоҳдан қўрқиш ва Унинг ризолиги асосига қурган киши яхшироқми ёки биноларига емирилаётган жар ёқасини асос қилиб олиб, шу сабабли ўзи ҳам жаҳаннам ўтига қулаган кимсами?! Аллоҳ бундай золим қавмни ҳидоят қилмас.
Har bir ish taqvo asosida, Alloh taoloning roziligini koʻzlab qilingandagina mustahkam va barchaga foyda keltiradigan boʻlishi mumkin. Ana shunday ish qilgan odam tagi qattiq va ishonchli yerga mustahkam bino qurgan boʻladi.
Buzuq niyat bilan, Allohning roziligini emas, yomonlikni koʻzlab, qandaydir shaxslar, tuzumlar va jamoalar roziligini koʻzlab qilingan ish esa, qulab ketay deb turgan jar yoqasiga, yemirilib borayotgan boʻsh tuproq ustiga bino qurish bilan barobardir. Uning binosi bitar-bitmas oʻzi bilan birga jarga qulab tushadi.
Oyatda ushbu oʻxshatish ila Allohning roziligi uchun Qubo masjidini qurgan taqvo ahli yaxshimi yoki xiyonat, kufr va nifoq yoʻlida Allohning emas, Abu Omir fosiqning amri ila, uning roziligi uchun, Islom va musulmonlarga qarshi josusxona niyatida qurilgan Masjidul Ziror yaxshimi, degan savol tashlanmoqda. Shuningdek, oyati karimada Masjidul Zirorni qurganlar oʻz binolari bilan jahannam oʻtiga qulashlari ham taʼkidlanib, yana:
«Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas»,–deyilmoqda. Zolimlardan murod kofir, mushrik va munofiqlardir. Chunki, eng katta zulm kufr, shirk va nifoqdir. Ularning Islomga zarar yetkazish uchun, musulmonlarni aldash uchun qurgan narsalari ham zulm hisoblanadi.
Bunday masjidul zirorlar hozirgi kunimizda juda ham koʻpaygan. Ular turli islomiy tashkilotlar, muassasalar, markazlar, masjid yoki madrasalar va boshqa nomlar ila barpo qilinmoqda. Ularni barpo qiluvchilarning koʻplari taqvo asosida, Allohning roziligi uchun emas, balki oʻzidagi nuqsonlarni yopish, odamlarga yaxshi koʻrinish va kerak boʻlgan chogʻida ular orqali Islom va musulmonlarga zarar yetkazish uchun bu ishlarni qilayotganlari maʼlum. Ular oʻzlaricha puxta ish qilganga oʻxshashga urinadilar. Lekin aslida ishlari chatoqligini oʻzlari ham biladilar.