QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят108

لَا تَقُمْ فِيهِ أَبَدًا ۚ لَّمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى ٱلتَّقْوَىٰ مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ ۚ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُطَّهِّرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir.Сен у(масжид)да ҳеч қачон турма! Албатта, биринчи кундан тақво асосида қурилган масжидда турмоқлигинг ҳақдир. Унда покланишни севадиган кишилар бор. Аллоҳ эса, покланувчиларни севадир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), hech qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz oʻshanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa oʻzlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ҳеч қачон у масжидда намозга турманг! Биринчи кундан тақво асосига қурилган масжид борки, сиз ўшанда туришингиз лойиқроқ. Унда покликни севадиган кишилар бордир. Аллоҳ эса ўзларини мудом пок тутгувчи зотларни севар.

204-sahifa · 11-juz · 21-hizb204-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاemasэмасتَقُمْturmaтурмаفِيهِundaундаأَبَدًۭا ۚhech qachonҳеч қачонلَّمَسْجِدٌalbatta, masjidалбатта, масжидأُسِّسَqurilganқурилганعَلَىasosidaасосидаٱلتَّقْوَىٰtaqvoтақвоمِنْ-dan-данأَوَّلِbirinchiбиринчиيَوْمٍkunкунأَحَقُّhaqliroqdirҳақлироқдирأَن-ki-киتَقُومَturmoqligingтурмоқлигингفِيهِ ۚundaундаفِيهِundaундаرِجَالٌۭkishilar borкишилар борيُحِبُّونَsevadiganсевадиганأَن-ni-ниيَتَطَهَّرُوا۟ ۚpoklanishпокланишوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيُحِبُّsevadirсевадирٱلْمُطَّهِّرِينَpoklanuvchilarniпокланувчиларни
TafsirТафсир

Islomga ziyon yetkazish, kufrga xizmat qilish, moʻminlar orasiga tafriqa solish, Allohga va Uning Rasuliga qarshi urushadiganlarning kuzatuv joyi qilish niyatida qurilgan masjidda namoz oʻqish hech qachon Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va moʻminlarga toʻgʻri kelmaydi. Ularga eng loyiq joy bor. Oʻsha Masjidul Zirorning yonginasida dunyoda birinchi boʻlib Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan taqvo asosida qurilgan Qubo masjidi turibdi.

«Unda poklanishni sevadigan kishilar bor».

Gunohlardan pok boʻlish uchun namoz oʻqiyotgan, tilovat, zikr qilayotgan, eʼtikof oʻtirgan kishilar bor.

«Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir».

Albatta, ular bilan bularning orasidagi farq osmon bilan yercha. Buni tushunib yetish kerak.