QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят107

وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مَسْجِدًا ضِرَارًا وَكُفْرًا وَتَفْرِيقًۢا بَيْنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَإِرْصَادًا لِّمَنْ حَارَبَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ مِن قَبْلُ ۚ وَلَيَحْلِفُنَّ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّا ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ziyon, kufr, mo`minlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi bo`lishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yo`q, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolg`onchilardir.Зиён, куфр, мўминлар орасига тафриқа солиш ва бундан олдин Аллоҳга ва Унинг Расулига уруш очган кимсани кутиш жойи бўлиши учун масжид қурганлар, албатта, биз яхшиликдан бошқа нарсани ирода қилганимиз йўқ, деб қасам ичарлар. Аллоҳ шоҳидлик берадики, улар, албатта, ёлғончилардир.Alauddin Mansour: Yana shunday kimsalar ham borki, ular (moʻminlarga) ziyon yetkazish, kufrni kuchaytirib va moʻminlar oʻrtasiga tafriqa solish hamda ilgari Alloh va Uning paygʻambariga qarshi urushgan (bir) kimsaga koʻz tutish uchun (fitna yuzasidan) masjid qurib oldilar. Yana: «Biz faqat yaxshiliknigina istagan edik», deb qasam ham ichadilar. Alloh guvohlik berurki, ular shak-shubhasiz, yolgʻonchidirlar.Яна шундай кимсалар ҳам борки, улар (мўминларга) зиён етказиш, куфрни кучайтириб ва мўминлар ўртасига тафриқа солиш ҳамда илгари Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига қарши урушган (бир) кимсага кўз тутиш учун (фитна юзасидан) масжид қуриб олдилар. Яна: «Биз фақат яхшиликнигина истаган эдик», деб қасам ҳам ичадилар. Аллоҳ гувоҳлик берурки, улар шак-шубҳасиз, ёлғончидирлар.

204-sahifa · 11-juz · 21-hizb204-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларٱتَّخَذُوا۟qurganlarқурганларمَسْجِدًۭاmasjidмасжидضِرَارًۭاziyon uchunзиён учунوَكُفْرًۭاva kufr uchunва куфр учунوَتَفْرِيقًۢاva tafriqa solish uchunва тафриқа солиш учунبَيْنَorasigaорасигаٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминларوَإِرْصَادًۭاva kutish joyi boʻlishi uchunва кутиш жойи бўлиши учунلِّمَنْkimsagaкимсагаحَارَبَurush ochganуруш очганٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаمِن-dan-данقَبْلُ ۚbundan oldinбундан олдинوَلَيَحْلِفُنَّva albatta, qasam icharlarва албатта, қасам ичарларإِنْemasэмасأَرَدْنَآbiz iroda qilganimizбиз ирода қилганимизإِلَّاfaqatфақатٱلْحُسْنَىٰ ۖyaxshilikniяхшиликниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَشْهَدُshohidlik beradikiшоҳидлик берадикиإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَكَـٰذِبُونَyolgʻonchilardirёлғончилардир
TafsirТафсир

Mazkur munofiqlar qurgan masjiddan hech qanday foyda yoʻq edi. Chunki, ular oʻz masjidlarini Muhammad sollallohu alayhi vasallam birinchi boʻlib tiklagan Qubo masjidi yonida qurgan edilar. Shuning uchun, bu masjid Masjidul Ziror–ziyon masjidi, deb nomlandi.

Bu masjidning kufr uchun qurildi deyilishiga sabab munofiqlar uni oʻzlariga markaz qilib, kufr ishlarini rivoj toptirish maqsadida edilar.

«moʻminlar orasiga tafriqa solish» esa, Qubo masjidi turib bu masjidning bino qilinishi oqibatida bir masjidda namoz oʻqib turgan kishilar ikkiga boʻlinib, oralariga tafriqa tushishi koʻzlanganligini bildiradi.

«bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi boʻlishi uchun»dan murod Abu Omir Rohib va unga oʻxshagan Islom dushmanlaridir. Munofiqlar yuqoridagi maqsadlar bilan masjidni qurganlar, lekin oʻzlari:

«Biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yoʻq», – deb qasam icharlar».

Munofiqlarning mashhur belgisi ana shu. Oʻz yolgʻonlarini va yomon niyatlarini xaspoʻshlash uchun hech tap tortmay qasam ichaveradilar. Bu safar ularni Alloh taolo Oʻzi oyat indirib, guvohlik berib sharmanda qildi.

«Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolgʻonchilardir».

Oyati karima maʼlum shaxslar, maʼlum masjid sababli tushgan boʻlsa ham, uning maʼnosi umumiydir. Munofiq va kofirlar barcha joylarda va barcha zamonlarda Islomga ziyon yetkazish uchun, kufrni rivojlantirish uchun, moʻmin-musulmonlar orasiga tafriqa solish uchun, Alloh va Uning Rasuliga urush ochganlarga kuzatish joyi boʻlishi uchun koʻplab Masjidul Zirorlar qurganlar. Bu holat dinsiz davlatlardagi masjid va diniy muassasalar misolida juda ham ravshan namoyon boʻlgan.

Keyingi oyat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va U kishi orqali U zotga ergashgan moʻminlarga xitobdir.