QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят117

لَّقَد تَّابَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلنَّبِىِّ وَٱلْمُهَـٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ فِى سَاعَةِ ٱلْعُسْرَةِ مِنۢ بَعْدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقٍ مِّنْهُمْ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّهُۥ بِهِمْ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh Payg`ambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan ba'zilarining qalblari toyib ketay degandan so`ng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir.Батаҳқиқ, Аллоҳ Пайғамбарининг, қийинчилик вақтида эргашган муҳожир ва ансорларнинг тавбасини қабул қилди. Улардан баъзиларининг қалблари тойиб кетай дегандан сўнг тавбаларини қабул қилди. Албатта, У Зот уларга марҳаматли ва меҳрибондир.Alauddin Mansour: Haqiqatan, Alloh paygʻambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhning dillari (gʻazotdagi mashaqqat va tashnalik sababli) toyilayozganidan keyin ogʻir soatda unga (yaʼni, Paygʻambarga) ergashgan edilar. Soʻng ularning tavbalarini (Alloh) qabul qildi. Albatta, U zot moʻminlarga marhamatli, mehribondir.Ҳақиқатан, Аллоҳ пайғамбарнинг, муҳожирлар ва ансорларнинг тавбаларини қабул қилди. Улардан бир гуруҳнинг диллари (ғазотдаги машаққат ва ташналик сабабли) тойилаёзганидан кейин оғир соатда унга (яъни, Пайғамбарга) эргашган эдилар. Сўнг уларнинг тавбаларини (Аллоҳ) қабул қилди. Албатта, У зот мўминларга марҳаматли, меҳрибондир.

205-sahifa · 11-juz · 21-hizb205-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّقَدbatahqiqбатаҳқиқتَّابَtavbasini qabul qildiтавбасини қабул қилдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَى-ning-нингٱلنَّبِىِّPaygʻambarningПайғамбарнингوَٱلْمُهَـٰجِرِينَva muhojirlarningва муҳожирларнингوَٱلْأَنصَارِva ansorlarningва ансорларнингٱلَّذِينَularуларٱتَّبَعُوهُunga ergashganlarунга эргашганларفِى-da-даسَاعَةِsoatidaсоатидаٱلْعُسْرَةِqiyinchilikқийинчиликمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَا(oʻsha hol)(ўша ҳол)كَادَoz qoldiоз қолдиيَزِيغُtoyib ketishigaтойиб кетишигаقُلُوبُqalblariқалблариفَرِيقٍۢbir guruhningбир гуруҳнингمِّنْهُمْulardanуларданثُمَّsoʻngraсўнграتَابَtavbalarini qabul qildiтавбаларини қабул қилдиعَلَيْهِمْ ۚularningуларнингإِنَّهُۥalbatta, U zotалбатта, У зотبِهِمْulargaуларгаرَءُوفٌۭmarhamatliмарҳаматлиرَّحِيمٌۭmehribondirмеҳрибондир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavbalarini qabul qilgani xususida xabar bermoqda. Maʼlumki, Paygʻambarlar maʼsumdirlar. Ammo, bu oyatda Paygʻambarimizning Allohdan tushgan vahiyga xilof qilganlari haqida gap ketayotgani yoʻq. Bu hol boʻlishi ham mumkin emas. Balki, U zot alayhissalom ijtihod maʼnosida baʼzi bir kishilarga Tabuk gʻazotiga chiqmay qolishga izn bergan edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam bu bilan afzal ishni emas, undan pastrogʻini qilgan edilar. Afzali esa, to rostgoʻylar yolgʻonchilardan ajralguncha kutib turish edi.

Shunga koʻra Alloh taolo U kishi alayhissalomga oʻtgan oyatlardan birida: «Alloh seni afv qildi. Nima uchun senga rost soʻzlaganlar aniq boʻlguncha va yolgʻonchilarni bilguningcha kutmay, ularga izn berding», degan oyatni nozil qilgan edi. Bu oyatda aynan oʻsha holat haqida soʻz ketmoqda.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga:

«Batahqiq, Alloh Paygʻambarining,unga qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi», deyishda ham oʻziga xos oʻsha vaqt voqeligiga oid sabablar bor. Oʻsha sabablarning asosiysi oyatning oʻzida zikr qilinmoqda:

«Ulardan baʼzilarining qalblari toyib ketay degandan soʻng, tavbalarini qabul qildi».

Maʼlumki, Tabuk gʻazoti odatdan tashqari qiyinchiliklarga toʻla bir urush boʻlgan. Shuning uchun, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni ochiqdan-ochiq eʼlon qilib, shu qiyinchiliklarga chiday oladiganlargina borishlarini taʼkidlaganlar. Shunda, baʼzi sahobai kiromlarning koʻngillaridan «Gʻazotga bormasammikin», degan xayol ham oʻtdi. Baʼzilari munofiqlarning rumliklar kuchli ekanliklari haqidagi gaplaridan qoʻrqib, taraddudga tushdilar. Ammo, keyin Alloh qalblariga sabot berib, belni bogʻlab jihodga chiqdilar. Bu ishlar sahobalar kabi ulugʻ maqom sohiblari uchun nooʻrin ish edi. Ikkilanishlar ular uchun tavba qiladigan tasarruf hisoblandi. Alloh ularning tavbalarini qabul qildi.

Ushbu oyatlar nozil boʻlishi davridagi hodisalar haqiqatan ham ibratlidir. Ularni tasdiqlab Qurʼoni Karim oyatlarining nozil boʻlishi ham shuni koʻrsatadi.

Alloh taolo «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsani harom bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi to qoʻllari bilan, xor boʻlgan hollarida jizya bermagunlaricha jang qilinglar» oyatini nozil qilganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻz sahobalarini Rumga qarshi gʻazotga tayyorgarlik koʻrishga buyurdilar. Bu davr qiyinchilik vaqti edi. Qattiq issiq boʻlib, qurgʻoqchilik edi. Mevalar pishgan, odamlar soyada mevalardan bahramand boʻlib dam olishni xohlaydigan vaqt edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda biror gʻazotga chiqadigan boʻlsalar ochiq aytmasdilar, boshqa tomonga bormoqchi ekanliklarini aytib turib, keyin maqsad qilingan tarafga yurar edilar. Magar Tabuk gʻazotida bunday qilmadilar. Mashaqqatli, uzoq va shiddatli zamonda, dushmanning koʻpligi sababidan odamlar oʻziga yarasha tayyorgarliklarini koʻrsin deb, ochiqdan-ochiq aytdilar. Odamlarni tayyorgarlik koʻrishga buyurdilar. Hamda Rum bilan urush qilish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Baʼzi munofiqlar Rum qizlarining fitnasiga tushishdan qoʻrqishlarini aytib, ortda qolishga izn soʻradi. Ularga izn berdilar. Bu haqda ularning ijtihodlarini avf qilganini aytib, itob oyati nozil boʻldi. Unda:

«Alloh seni afv qildi. Nima uchun senga rost soʻzlaganlar aniq boʻlguncha va yolgʻonchilarni bilguningcha kutmay, ularga izn berding», deyilgan edi.

Baʼzi munofiqlar jihoddan qochib, haqda shak qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tashvishga soluvchi mish-mishlar toʻqib, issiqda safarbarlikka bormanglar, deb gap tarqatishdi. Ular haqida Alloh taolo:

«Issiqda qoʻzgʻalmanglar»,–dedilar.

«Jahannamning otashi issiqroq agar tushunsalar»,–deb ayt. Bas, qilganlari tufayli oz kulib, koʻp yigʻlasinlar» oyatini nozil qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga baʼzi munofiq odamlar Suvaylim ismli yahudiyning uyiga toʻplanib olib, Tabuk gʻazotida odamlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ortda qolishga chaqirayotganlari maʼlum boʻldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻsha yerga bir guruh sahobalar bilan Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhuni yubordilar va ularga Suvaylimning uyiga oʻt qoʻyib yuborishga amr qildilar. Tolha roziyallohu anhu amrni bajo keltirdi.

Soʻngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jiddiylik bilan safarga otlandilar. Odamlarga kerakli narsalarni olib, shoshilishga amr qildilar. Boy kishilarni xayr-ehson etishga, ulovi yoʻq mujohidlarga ulov olib berishga qiziqtirdilar. Bunday xayr- ehson qiluvchilarning peshqadami Usmon ibn Affon roziyallohu anhu edilar. U kishi hech kim qilmagan katta miqdordagi xayrehsonni qildilar. U kishining bu saxiyliklarini taqdirlab, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Ey, bor xudoyo, Usmondan rozi boʻlgin, men undan roziman»,– dedilar. Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhu toʻrt ming diynor keltirdi va:

«Ey, Allohning Rasuli, mening molim sakkiz ming edi, yarmini sizga olib keldim, yarmi oʻzimga qoldi»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh berganingga ham, olib qolganingga ham baraka bersin»,– dedilar. Abu Uqayl roziyallohu anhu bir yahudiyning xizmatini qilib ikki soʼ xurmo topar edi. U ham kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, ikki soʼ xurmo bor edi, bir soʼini Robbimga qarzga beraman, bir soʼi ahli ayolimga qoladi»,–dedi.

Keyin musulmonlar ichida «yigʻloqilar» nomini olgan bir guruh sahobalar kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan jihodga borish uchun ulov soʻradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga:

«Men sizlarni koʻtaradigan narsa topa olmadim»,–dedilar. Ular koʻzlaridan yoshlari marjon-marjon toʻkilib ortlariga qaytdilar.

Ibn Yamin ibn Umayr ibn Kaʼb an-Nazriy haligi yigʻlaganlardan Abdurrohman ibn Kaʼb va Abdulloh ibn Migʻfalni koʻrib, nimaga yigʻlayapsizlar, deb soʻradi. Ular:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, bizga ulov berishlarini soʻragan edik, u kishida bizni mindiradigan narsa yoʻq ekan. Oʻzimizda ham jihodga chiqadigan hech narsamiz yoʻq»,–deyishdi. Shunda u ikkovlariga suv tashiydigan tuyasini va bir muncha xurmo berdi. Ikkovlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan jihodga bordilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻttiz mingga yaqin kishi bilan yoʻlga chiqdilar. Bir guruh musulmonlar hech shak va shubhalari boʻlmasa ham, oʻzlaricha, qolsa boʻlaversa kerak, degan niyat bilan jihoddan qoldilar ham. Ularning ichida Kaʼb ibn Molik, Murora ibn Robiʼ, Hilol ibn Utayya, Abu Xusayma, Umayr ibn Vahb va boshqalar bor edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Saniyyatul Vadoʼ nomli joyga askargoh qurdilar. Munofiqlarning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay esa, undan pastroqda alohida askargoh qurdi. Keyinroq esa, odamlarini olib yoʻldan qaytdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, ilgarilab ketaverdilar. Biror kishi ortda qolsa, odamlar kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, falonchi ortda qoldi»,–deyishardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa:

«Uni tek qoʻyinglar, unda biror yaxshilik boʻlsa, Alloh uni sizlarga yetishtiradi. Agar unday boʻlmasa, Alloh sizni undan qutqargan boʻladi»,–der edilar. Abu Zarr roziyallohu anhu ham ortda qoldi. Uning tuyasi yurmay qolgan edi. Odamlar:

«Ey, Allohning Rasuli, Abu Zarr ortda qoldi»,–deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Uni tek qoʻyinglar, unda biror yaxshilik boʻlsa, Alloh uni sizlarga yetishtiradi. Agar unday boʻlmasa, Alloh sizni undan qutqargan boʻladi»,–dedilar. Abu Zarr tuyasining yurishini kutib turdi. Yuravermagach, tuyaning ustidagi narsalarni oldida yelkasiga koʻtarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning izlaridan yurib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir joyda dam olgani toʻxtadilar. Musulmonlardan birlari uzoqdan kelayotgan odam qorasini koʻrib:

«Ey, Allohning Rasuli, bir odam yolgʻiz piyoda kelmoqda»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Abu Zarr boʻlsaydi»,–dedilar. Odamlar sinchiklab qarab, uning Abu Zarr ekanini tanidilar va:

«Ey, Rasululloh, Allohga qasamki, oʻsha odam Abu Zarr»,–deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh Abu Zarrga rahmat qilsin, yolgʻiz yuradi, yolgʻiz oʻladi, yolgʻiz tiriladi»,–dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jihodga ketganlaridan bir necha kun keyin Abu Xaysama havo issiq kunda uyiga keldi. Qarasa, ikkita xotini bogʻda, ikki soʻriga joylarni solib, suvlarni sepib, hamma yoqni saranjom-sarishta qilib, salqinlatib uni kutib oʻtirishibdi. Taom ham tayyorlab qoʻyishibdi. U kirib usti yopiq soʻrilar oldida toʻxtadi. Ikki xotiniga va ular qilgan ishlarga qaradi. Oʻzicha: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jazirama quyoshda, shamolda va issiqda boʻlsalaru, Abu Xaysama soya-salqinda, tayyor taomda, goʻzal xotinlar bilan molu mulkida tursa, bu boʻlmagan gap»,–dedi. Soʻngra: «Allohga qasamki, bittangizning ham soʻringizga kirmayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib boraman, mening safar kiyimlarimni tayyorlab beringlar»,– dedi. Xotinlari aytganini qildilar. Keyin tuyasini minib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib olish uchun yoʻlga tushdi. Yoʻlda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib olish uchun ketayotgan Umayr ibn Vahbni koʻrib qoldi, ikkovlari birgalashib yurib ketdilar. Tabukka yaqinlashganlarida Abu Haysama Umayr ibn Vahbga: «Mening gunohim bor, sen orqada turib tur, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga oldin boray»,– dedi. U rozi boʻldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukka tushib turganlarida u yaqinlashib kela boshladi. Odamlar:

«Yoʻlda bir ulov mingan odam shu yoqqa qarab kelmoqda»,–deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Abu Xaysama boʻlsa edi»,–dedilar. Odamlar:

«Ey, Allohning Rasuli, bu–Abu Haysama»,–deyishdi. U tuyasini choʻktirib oldinga yurib keldi-da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

«Ha, shoʻri qurigan, Abu Haysama»,–dedilar. U boʻlgan gapni aytib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga yaxshi soʻzlar aytib, haqqiga yaxshi duo qildilar.

Tarixchi va tafsirchilarimiz bu gʻazotda musulmonlar boshlaridan kechirgan mislsiz qiyinchiliklarni, oʻsha voqea ishtirokchilaridan oʻta taʼsirli qilib rivoyat qiladilar.

Jumladan Qatoda roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda shunday deyiladi: «Tabuk yili Shom tomonga havo juda isigan paytda chiqdilar. Ularning chekkan mashaqqatlarini Allohning Oʻzi biladi. Ular qattiq qiynalgan edilar. Bizga zikr qilinishicha, ikki kishi bir dona xurmoni boʻlib baham koʻrishgan ekan. Baʼzi hollarda esa bir necha kishi bir dona xurmoni oralarida aylantirgan ekanlar. Bunisi xurmoni soʻrib ustidan suv ichar ekan, soʻngra yonidagi kishiga uzatar ekan. U ham xuddi shunday qilar ekan. Alloh taolo ularning tavbasini qabul qilib, gʻazotdan eson-omon qaytardi».

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga qiyinchilik haqida savol berildi. Shunda, u kishi: «Tabukka Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan qattiq issiq paytida chiqdik. Bir joyga tushganimizda juda chanqadik. Hatto boʻyinlarimiz uzilib ketsa kerak, deb gumon qildik. Odamlar suv izlab yurib-yurib oʻlar holatda qaytib kelishar edi. Baʼzi odamlar tuyasini soʻyib, qornini yorib ichidagi axlatni siqib ichishgacha bordi. Ortib qolganini jigariga bosar edilar». Shu vaqt Abu Bakr:

«Ey, Allohning Rasuli! Alloh sizni yaxshi duoga odatlantirgan. Bizga bir duo qiling»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Shuni xohlaysanmi?»–dedilar. Abu Bakr:

«Ha»,–dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam qoʻllarini koʻtarib duo qildilar. U kishi qoʻllarini tushirmasdan turib, yomgʻir quya boshladi. Soʻngra, toʻxtamadi. Odamlar idishlarini toʻlgʻazib oldilar. Keyin borib qarasak, askar turgan joydan boshqa yerga yomgʻir yogʻmagan ekan».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda oʻn kundan ortiq turdilar. Urush boʻlmasdan ortga qaytdilar. Ana shunday qiyinchiliklarga Allohning roziligi uchun chidaganlari sababli Alloh Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam, muhojirlar va ansoriylarning tavbasini qabul qildi.

Keyingi oyatda gʻazotdan qolgan uch kishining tavbasining qabul boʻlgani haqidagi xabar keladi.