وَإِن نَّكَثُوٓا۟ أَيْمَـٰنَهُم مِّنۢ بَعْدِ عَهْدِهِمْ وَطَعَنُوا۟ فِى دِينِكُمْ فَقَـٰتِلُوٓا۟ أَئِمَّةَ ٱلْكُفْرِ ۙ إِنَّهُمْ لَآ أَيْمَـٰنَ لَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَنتَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga ta'na toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yo`qdir. Shoyadki, to`xtasalar.Агар аҳд берганларидан кейин аҳдларини бузсалар ва динингизга таъна тошини отсалар, куфрбошиларга қарши жанг қилинг! Зеро, уларнинг аҳдлари йўқдир. Шоядки, тўхтасалар.Alauddin Mansour: Agar ahdlashganlaridan keyin qasamlarini buzsalar va sizlarning diningizga tosh otsalar, u holda (bu kirdikorlaridan) toʻxtashlari uchun kufr yetakchilariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun hech qanday qasam yoʻqdir. (Yaʼni, ular mudom oʻzlari ichgan qasamlarni buzaveradilar).Агар аҳдлашганларидан кейин қасамларини бузсалар ва сизларнинг динингизга тош отсалар, у ҳолда (бу кирдикорларидан) тўхташлари учун куфр етакчиларига қарши жанг қилингиз! Зеро, улар учун ҳеч қандай қасам йўқдир. (Яъни, улар мудом ўзлари ичган қасамларни бузаверадилар).
Ular oʻzlari rozi boʻlib ahdnoma tuzganlaridan soʻng, oʻzlari uni buzsalar, buning ustiga, sizning diningiz Islomga taʼna toshini otsalar, ular kufrboshi, kofirlarning boshligʻi–imomi boʻladilar. Ularga qarshi jang qilish lozim.
«Agar, ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga taʼna toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling!»
Chunki, ular ahdga vafo qilmaydigan odamlardir. Urush ularni yoʻqotish uchun emas, dushmanliklarini toʻxtatish uchundir.
«Shoyadki, toʻxtasalar».
Ushbu oyati karimada aaval oʻtgan maʼno yana bir bor taʼkidlanmoqda. Alloh taolo mushriklarga qarshi oxirgi chorani qoʻllashga amr berganidan soʻng nima uchun bu farmonni berganini ham bayon qilib:
«Zero, ularning ahdlari yoʻqdir. Shoyadki, toʻxtasalar», demoqda.
Ha, Arabiston yarim orolidagi mushriklarga qarshi keskin choralarni koʻrishga ularning oʻzlari ahdga bevafo boʻlishlari va Islomga va musulmonlarga yomonlik qilishdan toʻxtamaganlari ila sabab boʻlganlar.
Shuning uchun ham, Alloh taolo musulmonlarni bu ishga alohida ahamiyat berishga chorlamoqda: