أَلَا تُقَـٰتِلُونَ قَوْمًا نَّكَثُوٓا۟ أَيْمَـٰنَهُمْ وَهَمُّوا۟ بِإِخْرَاجِ ٱلرَّسُولِ وَهُم بَدَءُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ أَتَخْشَوْنَهُمْ ۚ فَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَوْهُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi bo`lib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qo`rqasizmi?! Agar mo`min bo`lsangiz, qo`rqishingizga loyiq zot Allohdir!Аҳдларини бузган, Расулни (юртдан) чиқаришга қасд қилган ва сизга (қарши) биринчи бўлиб (уруш) бошлаган қавм билан урушмайсизми?! Улардан қўрқасизми?! Агар мўмин бўлсангиз, қўрқишингизга лойиқ зот Аллоҳдир!Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), qasamlarini buzgan va paygʻambarni (Makkadan) chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda oʻzlari avval-boshda sizlarga qarshi (jang qilishni) boshlagan kimsalar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qoʻrqasizlarmi?! Agar (haqiqiy) moʻmin boʻlsangizlar, qoʻrqishingizga loyiqroq zot Alloh-ku, axir?!(Эй мўминлар), қасамларини бузган ва пайғамбарни (Маккадан) чиқариб юборишга қасд қилган ҳамда ўзлари аввал-бошда сизларга қарши (жанг қилишни) бошлаган кимсалар билан жанг қилмайсизларми?! Улардан қўрқасизларми?! Агар (ҳақиқий) мўмин бўлсангизлар, қўрқишингизга лойиқроқ зот Аллоҳ-ку, ахир?!
Ushbu oyati karimada mushriklarga qarshi urushning baʼzi sabablari bayon qilinmoqda. Musulmonlar orasida ham, qavm bilan nima uchun urushamiz, degan savol tugʻilishi mumkin. Shunday savolga savol bilan javob berilmoqda. Yaʼni:
«Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi boʻlib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?!»–deyilmoqda.
Mushriklar musulmonlar bilan urushmaslik haqida ahdnomalar tuza turib, soʻng doimo uni oʻzlari buzib kelganlar. Jumladan, Hudaybiyada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan oʻn yilgacha urushmaslik xususida tuzilgan ahdnomalarini ham buzdilar. Shuning uchun, ular bilan har qancha urush qilsa, boʻladi.
Ikkinchidan, ular oʻz vaqtida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yurtlari Makkadan chiqarib yuborishni qasd qilganlar. Hatto, oʻldirmoqchi ham boʻlganlar. Buning uchun ham ular bilan har qancha urush qilsa, boʻladi.
Uchinchidan, ular oʻzlari avval urush boshladilar. Doimo fitna qoʻzidilar. Musulmonlarni yoʻq qilib yuborishga urindilar. Shu boisdan ham, ular bilan har qancha urush qilsa, boʻladi.
«Ulardan qoʻrqasizmi?!»
Musulmonlarga qaratilgan bu savol ularning qoʻrqish-qoʻrqmasligini bilish uchun emas, balki urushga qiziqtirish uchundir. Moʻmin kishi hech kimdan qoʻrqmaydi, u bittayu bitta Allohdan qoʻrqadi.
«Agar moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga loyiq zot Allohdir!»
U zot esa, sizni mushriklarga qarshi jangga chorlamoqda. Keyingi oyatda jang qilishni taʼkidlash bilan birga, nusratni ham vaʼda etadi: