فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَهُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, yuz o`girib ketsalar, sen: «Menga Allohning O`zi yetarli. Undan o`zga ibodatga sazovor Zot yo`q, Unga tavakkal qildim, U ulug` arshning Robbisidir», – degin.Бас, юз ўгириб кетсалар, сен: «Менга Аллоҳнинг Ўзи етарли. Ундан ўзга ибодатга сазовор Зот йўқ, Унга таваккал қилдим, У улуғ аршнинг Роббисидир», – дегин.Alauddin Mansour: Ana endi ham yuz oʻgirsalar, u holda ayting: «Menga Allohning Oʻzi yetarlidir! Hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir! (Men Uning) Oʻziga suyandim. U zot ulugʻ arsh Sohibidir».Ана энди ҳам юз ўгирсалар, у ҳолда айтинг: «Менга Аллоҳнинг Ўзи етарлидир! Ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир! (Мен Унинг) Ўзига суяндим. У зот улуғ арш Соҳибидир».
Yaʼni, Ey Paygʻambar, agar sen dinga daʼvat qilayotgan odamlar chaqirigʻingni qabul qilmay yuz oʻgirib ketsalar, sen: «Menga Allohning Oʻzi yetarli». Alllohdan oʻzganing menga keragi yoʻq. Sizlarning hammangiz, bitta ham qolmay, yuz oʻgirib ketsangiz ham zarracha ziyoni yoʻq. Ammo, bilib qoʻyinglar, yuz oʻgirib qayoqqa ham borasizlar?! Axir, «Undan oʻzga ibodatga sazovor Zot yoʻq», Shuning uchun, hamma faqat Ungagina ibodat va qullik qilmogʻi lozim. Siz nima qilsangiz qilavering, ammo men «Unga tavakkal qildim», Chunki, «U ulugʻ arshning Robbisidir»,–degin». Qolganini Allohning Oʻzi biladi.
Alloh taoloning yordami va rioyati
SHAYX
MUHAMMAD SODIQ
MUHAMMAD YUSUF
TUZATILGAN VA QOʻSHIMCHA QILINGAN
IKKINCHI NASHR
3 JUZ Alloh taoloning kalomi tafsiri haqidagi ushbu kamtarona urinishni qiblagohim Muhammad Yusuf hoji va onajonim Sobira xonim Tilakberdi qizi rahmatullohi alayhimolarga bagʻishlayman. Haq taolodan u zotlarni magʻfirat aylab, joylarini jannatdan qilishini tilab duolar qilaman. Muhtaram oʻquvchilardan otamiz va onamiz haqlariga duolar umididaman.
Muallif. Sh i o r i m i z: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish,
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, 2008. kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diyniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat-xurofotlarni yoʻqotish.