لَقَدْ جَآءَكُمْ رَسُولٌ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sizlarga o`zingizdan bo`lgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun og`ir bo`lgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, mo`minlarga marhamatli, mehribon bo`lgan Payg`ambar keldi.Батаҳқиқ, сизларга ўзингиздан бўлган, сизнинг машаққат чекишингиз унинг учун оғир бўлган, сизнинг (саодатга етишишингизга) ташна, мўминларга марҳаматли, меҳрибон бўлган Пайғамбар келди.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), axir sizlarga oʻzlaringizdan boʻlgan, sizlarning kulfat-mashaqqat chekishingizdan qiynaluvchi, sizlarning (Toʻgʻri Yoʻl — Haq dinga kelishingizga) haris – tashna boʻlgan va barcha moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan bir Paygʻambar keldi-ku!(Эй инсонлар), ахир сизларга ўзларингиздан бўлган, сизларнинг кулфат-машаққат чекишингиздан қийналувчи, сизларнинг (Тўғри Йўл — Ҳақ динга келишингизга) ҳарис – ташна бўлган ва барча мўминларга марҳаматли, меҳрибон бўлган бир Пайғамбар келди-ку!
Bu oyati karimada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning asosiy sifatlaridan bir nechasi zikr qilinmoqda.
«Batahqiq, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan», yaʼni, boshqa yoqdan kelmagan, osmondan tushmagan, balki oʻzingizdan boʻlgan bir kishi Paygʻambar boʻlib keldi. Bu, oʻylab koʻrsangiz, oʻzingiz uchun sharaf, obroʻ. Oʻz ichingizdan shunday oliy maqomga sazovor inson chiqqaniga xursand, shod boʻlishingiz va unga ergashishingiz kerak.
«sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogʻir boʻlgan», yaʼni, u Paygʻambar sizning mashaqqat chekishingizni, qiyinchilikda qolishingizni mutlaqo istamaydi. Doimo sizga yengillik, osonlik boʻlishini xohlaydi.
«sizning (saodatga yetishingizga) tashna», yaʼni, bu Paygʻambar sizning ikki dunyo saodatiga erishishingizga tashna. Shuning uchun harakat qiladi.
«...moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan Paygʻambar keldi».
Dunyo tarixida U zot sollallohu alayhi vasallamdek, kishilarga marhamatli, mehribon inson boʻlgan emas. Bu ulkan haqiqatni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlari va hadislaridan bilib olamiz.
Oxirgi oyat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitobdir.