وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ نَّظَرَ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ هَلْ يَرَىٰكُم مِّنْ أَحَدٍ ثُمَّ ٱنصَرَفُوا۟ ۚ صَرَفَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُم بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, biron sura nozil bo`lgan vaqtda, sizni birov ko`rmadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, so`ngra, burilib ketarlar. Ular fahmlamaydigan qavm bo`lganlari uchun, Alloh qalblarini burib qo`ydi.Улар, бирон сура нозил бўлган вақтда, сизни биров кўрмадими, деб бир-бирларига назар соладилар-да, сўнгра, бурилиб кетарлар. Улар фаҳмламайдиган қавм бўлганлари учун, Аллоҳ қалбларини буриб қўйди.Alauddin Mansour: Qachonki biron sura nozil qilinsa, (u munofiqlar) «Sizlarni bironta (musulmon) koʻrib qolmadimi?», deb bir-birlariga qarab oladilar-da, soʻngra (uylariga) joʻnab qoladilar. Ular (haqni) anglamaydigan qavm boʻlganlari sababli, Alloh dillarini (Qurʼonni fahmlashdan) burib qoʻygandir.Қачонки бирон сура нозил қилинса, (у мунофиқлар) «Сизларни биронта (мусулмон) кўриб қолмадими?», деб бир-бирларига қараб оладилар-да, сўнгра (уйларига) жўнаб қоладилар. Улар (ҳақни) англамайдиган қавм бўлганлари сабабли, Аллоҳ дилларини (Қуръонни фаҳмлашдан) буриб қўйгандир.
Ushbu oyati karima munofiqlarning holini ajoyib uslub bilan fosh qiladi. Koʻpchilik ishtirokida ilmiy majlis boʻlmoqda. Munofiqlar ham oʻzlarini musulmon koʻrsatib majlisda oʻtirishibdi. Shu payt Qurʼoni Karim suralaridan biri nozil boʻlib qoldi. Bu munofiqlar uchun musiybat, chunki yangi surada yangi takliflar, amrlar, qilinishi lozim ishlar boʻlishi mumkin. Munofiqlar faqat ogʻizlaridagina musulmonlar. Islomga, uning amriga amal qilishga ularning toqati yoʻq. Shuning uchun, darhol qochib qolish payiga tushadilar. Bir-birlari bilan koʻz urishtirib, birov koʻrib qolmasin deb, darhol burilib, majlisdan chiqib ketadilar.
«Ular biron sura nozil boʻlgan vaqtda sizni birov koʻrmadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, soʻngra, burilib ketarlar».
Munofiqlar oʻz foydalarini oʻzlari tushunmaganlari uchun, oʻzlariga foydali narsadan burilib qochganlari uchun, Alloh taolo ham ularning qalblarini burib qoʻydi. Ha,
«Ular fahmlamaydigan qavm boʻlganlari uchun, Alloh qalblarini burib qoʻydi».
Endi, ular hidoyatga kelmay, munofiq kofirligicha oʻlib ketadilar.
Suraning soʻngida Madiynada nozil boʻlgan ikkita oyat keladi. Bu oyatlarda Paygʻambarimiz alayhissalomning oʻz qavmlariga boʻlgan munosabatlari haqida soʻz ketadi.