أَوَلَا يَرَوْنَ أَنَّهُمْ يُفْتَنُونَ فِى كُلِّ عَامٍ مَّرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ ثُمَّ لَا يَتُوبُونَ وَلَا هُمْ يَذَّكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar.Улар ҳар йили бир ёки икки марта фитна қилинаётганларига қарамасларми? Шунда ҳам на тавба қилмаслар ва на эсламаслар.Alauddin Mansour: Koʻrmaydilarmiki, ular har yili bir-ikki marta baloga – fitnalarga yoʻliqmoqdalar. Shundan keyin ham na tavba qiladilar va na pand-nasihat oladilar.Кўрмайдилармики, улар ҳар йили бир-икки марта балога – фитналарга йўлиқмоқдалар. Шундан кейин ҳам на тавба қиладилар ва на панд-насиҳат оладилар.
Har yili ularning hayotida bir yoki ikki marta sinovli ishlar, kasallikmi, boshqa musiybatmi boʻlib oʻtadi.
«Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi?»
Aslida oʻsha hodisalar ularning koʻzini ochishi kerak. Lekin ular bu narsalarga ibrat koʻzi bilan qaramaydilar.
«Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar».
Hayotda boʻlib turadigan turli fitna-sinovlardan ibrat olish, ularni eslab tavba qilish va oʻzini oʻnglab olish uchun aql-idrok, iymon-eʼtiqod hamda insof kerak. Munofiqlar oʻzlarida ayni oʻsha narsalarning yoʻqligidan munofiq boʻlganlar. Shuning uchun ham, ular tavba ham qilmaydilar, eslab ham oʻtirmaydilar.
Bu ham yetmaganidek, boshqa kirdikorlari ham bor.