QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят125

وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ فَزَادَتْهُمْ رِجْسًا إِلَىٰ رِجْسِهِمْ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo, qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida o`lurlar.Аммо, қалбларида касали борларнинг ифлосликлари устига ифлослик зиёда қилди ва улар кофир ҳолларида ўлурлар.Alauddin Mansour: Ammo dillarida maraz boʻlgan kimsalarni esa dinsizliklariga yana dinsizlik qoʻshur va ular kofir hollarida oʻlurlar.Аммо дилларида мараз бўлган кимсаларни эса динсизликларига яна динсизлик қўшур ва улар кофир ҳолларида ўлурлар.

207-sahifa · 11-juz · 21-hizb207-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَمَّاva ammoва аммоٱلَّذِينَularkiуларкиفِى-da-даقُلُوبِهِمqalblaridaқалбларидаمَّرَضٌۭkasali borкасали борفَزَادَتْهُمْularga ziyoda qildiуларга зиёда қилдиرِجْسًاifloslikифлосликإِلَىٰustigaустигаرِجْسِهِمْiflosliklariифлосликлариوَمَاتُوا۟va oʻldilarва ўлдиларوَهُمْholda, ularҳолда, уларكَـٰفِرُونَkofirlarкофирлар
TafsirТафсир

Albatta, qalblarida kasali borlardan murod munofiqlardir, «ifloslik»dan murod esa, munofiqliklaridir. Yaʼni, nozil boʻlgan sura munofiqlarning nifoqlari ustiga nifoq ziyoda qiladi. Oʻtgan oyatda eslatilgan: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» deyishlari ham nifoqlari ustiga nifoq, yaʼni iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda boʻlishining bir koʻrinishidir. Shunday qilib borib:

«ular kofir hollarida oʻlurlar».

Bu esa, badbaxtlikning oliy choʻqqisidir. Chunki, ular boʻlayotgan hodisalardan ibrat olmaydilar.