QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят124

وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ فَمِنْهُم مَّن يَقُولُ أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَـٰذِهِۦٓ إِيمَـٰنًا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَزَادَتْهُمْ إِيمَـٰنًا وَهُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram bo`ldilar.Улардан, бирон сура нозил қилинган вақтда: «Бу сиздан кимнинг иймонини зиёда қилди?» – дейдиган кимсалар бор. Бас, иймон келтирганларнинг иймонини зиёда қилди ва улар шоду хуррам бўлдилар.Alauddin Mansour: Qachon biron sura nozil qilinsa, ulardan (yaʼni, munofiqlardan) boʻlgan kimsalar (masxara qilishib): «Qani, bu sura qaysi birlaringizning iymonlaringizni ziyoda qildi?» deyishadi. Bas, u (sura) iymon keltirgan zotlarning iymonlarini albatta ziyoda qilur va ular shod-xurram boʻlurlar.Қачон бирон сура нозил қилинса, улардан (яъни, мунофиқлардан) бўлган кимсалар (масхара қилишиб): «Қани, бу сура қайси бирларингизнинг иймонларингизни зиёда қилди?» дейишади. Бас, у (сура) иймон келтирган зотларнинг иймонларини албатта зиёда қилур ва улар шод-хуррам бўлурлар.

207-sahifa · 11-juz · 21-hizb207-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиمَآharҳарأُنزِلَتْnozil qilinsaнозил қилинсаسُورَةٌۭbiron suraбирон сураفَمِنْهُمbas, ulardanбас, уларданمَّنkimsalar borкимсалар борيَقُولُaytadiganайтадиганأَيُّكُمْqaysi biringizningқайси бирингизнингزَادَتْهُziyoda qildiзиёда қилдиهَـٰذِهِۦٓmana shu (sura)мана шу (сура)إِيمَـٰنًۭا ۚiymoniniиймониниفَأَمَّاbas, ammoбас, аммоٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларفَزَادَتْهُمْularga ziyoda qildiуларга зиёда қилдиإِيمَـٰنًۭاiymonniиймонниوَهُمْva ularва уларيَسْتَبْشِرُونَshodu xurram boʻldilarшоду хуррам бўлдилар
TafsirТафсир

Qurʼoni Karimdan bir sura nozil boʻlishi juda katta hodisa boʻlgan. Ammo, munofiqlar uchun bu ulkan hodisa istehzo va masxara uchun fursat hisoblanadi. Ular sirtdan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatish uchun urinadilar, ammo iymon va Islom taqozosidagi ishlar oʻrtaga chiqqanda, oʻzlarining kim ekanliklarini fosh qilib qoʻyishadi.

«Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor».

Yaʼni, nozil boʻlgan sura birovning iymonini ziyoda ham qiladimi, degan istehzoni boshqacha qilib aytadilar. Ularning bu istehzolariga javoban Alloh taolo:

«Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram boʻldilar»,–deydi.

Ha, Qurʼon, uning oyatlari moʻminlarning iymonini ziyoda qiladi. Ular oʻsha iymonlari va uning ziyodaligi tufayli ikki dunyoda shodu xurram boʻlurlar. Qalbi kasal munofiqlarga esa, boshqacha taʼsir qiladi.