يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَـٰتِلُوا۟ ٱلَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ ٱلْكُفَّارِ وَلْيَجِدُوا۟ فِيكُمْ غِلْظَةً ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, sizga yaqin bo`lgan kofirlarga qarshi jang qiling. Ular sizdagi shiddatni ko`rsinlar. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.Эй, иймон келтирганлар, сизга яқин бўлган кофирларга қарши жанг қилинг. Улар сиздаги шиддатни кўрсинлар. Ва билингки, албатта, Аллоҳ тақводорлар билан биргадир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, yonlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qilinglar va ular sizlardagi kuch-quvvatni koʻrsinlar! Bilinglarki, albatta Alloh taqvodorlar bilan birgadir.Эй мўминлар, ёнларингиздаги кофирларга қарши жанг қилинглар ва улар сизлардаги куч-қувватни кўрсинлар! Билингларки, албатта Аллоҳ тақводорлар билан биргадир.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam va xulafoi roshidinlar davrida ushbu oyati karimaga toʻliq amal etilgan. Islom yerlariga yaqin turgan kufr jamiyatlariga qarshi jihod qilingan. Bu tarixda maʼlum va mashhur haqiqatdir. Islom dushmanlari faqat kuch ishlatish lugʻatini anglab, boshqa lugʻatni tushunmaganlaridan shundoq hukm qilingan. Bu ham tarixiy tajribalarga yoʻgʻirilgan haqiqatdir.
Munofiqlar haqida koʻpgina gap yuritgan bu suraning oxirida yana oʻsha munofiqlarning holatlari, ularning Qurʼon oyatlarini, oʻzlari sirtdan aʼzomiz deb yurgan jamiyatning takliflarini qanday qabul qilishlari haqida soʻz yuritiladi.