۞ وَمَا كَانَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُوا۟ كَآفَّةً ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرْقَةٍ مِّنْهُمْ طَآئِفَةٌ لِّيَتَفَقَّهُوا۟ فِى ٱلدِّينِ وَلِيُنذِرُوا۟ قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوٓا۟ إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlarning hammalari (jangga) qo`zg`alishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa bo`lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo`lsalar.Мўминларнинг ҳаммалари (жангга) қўзғалишлари лозим эмас. Ҳар жамоадан бир нафар тоифа бўлсайди. Улар динни чуқур англаб, қайтиб келган вақтларида қавмларини огоҳлантирардилар. Шоядки, улар ҳазир бўлсалар.Alauddin Mansour: Barcha moʻminlar (jangga) chiqishlari loyiq emas. Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni oʻrganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!Барча мўминлар (жангга) чиқишлари лойиқ эмас. Ахир улардан ҳар бир гуруҳдан бир тоифа одамлар (жанг учун) чиқмайдиларми?! (Қолганлари эса Мадинада) динни ўрганиб, (жангга кетган) қавмлари уларнинг олдиларига қайтган вақтларида, у қавмлар Аллоҳнинг азобидан сақланишлари учун уларни огоҳлантиргани (қолмайдиларми)?!
Ushbu oyati karimadagi moʻminlarning hammalari birdan jihodga chiqishlari lozim emasligi haqidagi maʼno, boshqa oyatlardagi hamma chiqishi lozimligi haqidagi maʼnolarga qarama-qarshi kelmaydi. Har bir oyatga maqomga qarab amal qilinadi. Baʼzi vaqtlar boʻladiki, hamma jihodga chiqishi taqozo qilinadi. Baʼzi vaqtlarda esa, hammaning chiqishi shart emas. Kerakli darajada chiqsa yetadi. Hamma narsa vaziyatga qarab, Islom jamiyati rahbarlari tomonidan aniqlanadi.
Biz oʻrganayotgan bu oyatda hamma jihodga chiqishi lozim boʻlmagan holat haqida gap ketmoqda.
Bu oyati karimani ulamolarimiz ikki xil tafsir qilishgan. Birinchi toifa:
«Moʻminlarning hammalari (jangga) qoʻzgʻalishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʻlsaydi. Jangga qoʻzgʻalmay qolar edilar. Ular dinni chuqur anglab, jihodga ketganlar qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantiradilar. Shoyadki, ular, (yaʼni, jihodga ketganlar) hazir–ehtiyot boʻlsalar»,degan maʼnoni ilgari suradilar.
Ikkinchi guruh ulamolarimiz esa:
«Moʻminlarning hammalari (jangga) qoʻzgʻalishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʻlsaydi. Ular (jangga qoʻzgʻalardilar va jihod davomida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan boʻlgan muloqotlarda) dinni chuqur anglab,(oʻrganar edilar. Jihoddan) qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantiradilar. Shoyadi, ular, (yaʼni, jihodga chiqmay qolganlar ham) hazir boʻlsalar», degan maʼnoni taʼkidlaydilar.
Koʻpchilik tafsirchilarda birinchi fikr olingan boʻlsa-da, ikkinchi fikr ham kuchli hisoblanadi.
Nima boʻlganda ham, oyati karima va ulamolarimizning unga turli yondashuvlaridan Islom dini oʻz dinimizni chuqur anglab yetishga qanchalik yuqori ahamiyat bergani yaqqol koʻrinib turibdi. Hatto jihodga bormay qolishga uzr boʻladigan birdan-bir narsa ham diniy ilmlarni chuqur oʻrganish uchun boʻlgan harakat boʻlishi mumkin ekan. Agar ushbu oyati karimani ikkinchi xil tafsir qilgan ulamolarimiz yoʻlidan boradigan boʻlsak, qirgʻin-barot urush boʻlib turganda ham Islomni chuqur oʻrganishga harakat qilish lozimligi taʼkidlanganini koʻramiz.
Bu holat diniy ilmlarni chuqur egallagan ulamolarni kerakligicha tayyorlashga Islom jamiyati alohida eʼtibor berishi lozimligini koʻrsatadi. Shu bilan birga, ulamolarning jamiyatdagi oʻrinlari va masʼuliyatlari yuksak ekanini ham taʼkidlaydi.
Keyingi oyatda esa, kimga qarshi jihod qilish lozim ekani bayon qilinadi.