وَلَا يُنفِقُونَ نَفَقَةً صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً وَلَا يَقْطَعُونَ وَادِيًا إِلَّا كُتِبَ لَهُمْ لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kichik yoki katta nafaqa qilsalar ham, biron vodiyni kesib o`tsalar ham, albatta, ularga (solih amal) yozilar. Alloh ularga qilgan eng go`zal amallarining mukofotini berar.Кичик ёки катта нафақа қилсалар ҳам, бирон водийни кесиб ўтсалар ҳам, албатта, уларга (солиҳ амал) ёзилар. Аллоҳ уларга қилган энг гўзал амалларининг мукофотини берар.Alauddin Mansour: Ular kichikmi, kattami biron infoq-ehson qilsalar va (gʻazot yoʻlida) biron vodiydan oʻtsalar, albatta qilgan eng chiroyli amallariga yarasha Alloh mukofotlashi uchun (bularning hammasi) ular foydasiga yozilur.Улар кичикми, каттами бирон инфоқ-эҳсон қилсалар ва (ғазот йўлида) бирон водийдан ўтсалар, албатта қилган энг чиройли амалларига яраша Аллоҳ мукофотлаши учун (буларнинг ҳаммаси) улар фойдасига ёзилур.
Yana hammayoq toʻla ajr-savob. Katta-kichik boʻlsin, nafaqa qilsalar bas. Unga ham ajr-savob beriladi. Dushman tomon biron vodiyni kesib oʻtsalar ham ajr-savob yoziladi. Yozilganda ham, mujohidning umrida qilgan eng yaxshi amalining savobi yoziladi. Shunday boʻlib turgandan keyin, nima uchun endi safarbarlikdan qochib, jihoddan ortda qolish kerak ekan?
Albatta, bunchalik targʻibot va tashviqotdan soʻng, hech kim jihodga bormay qolishni oʻziga ep koʻrmaydi. Nima qilib boʻlsa ham. nomi safarbarlik boʻlsa, oʻshaning birinchi safida boʻlishga harakat qiladi. Ammo, bu holat jamiyat manfaatlariga mos keladimi? Toʻgʻri, jihod ulugʻ savobli ish. Lekin hamma jihodga ketsa, qolgan ishlarni kim qiladi? Ana shuning eʼtiboridan kelasi oyatda baʼzi kishilar jihodga chiqmay qolishi ham mumkinligi bayon qilinmoqda.