مَا كَانَ لِأَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ وَمَنْ حَوْلَهُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ أَن يَتَخَلَّفُوا۟ عَن رَّسُولِ ٱللَّهِ وَلَا يَرْغَبُوا۟ بِأَنفُسِهِمْ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ لَا يُصِيبُهُمْ ظَمَأٌ وَلَا نَصَبٌ وَلَا مَخْمَصَةٌ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا يَطَـُٔونَ مَوْطِئًا يَغِيظُ ٱلْكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنْ عَدُوٍّ نَّيْلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلٌ صَـٰلِحٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Madina ahliga va ularning atrofidagi a'robiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va o`z jonlarini ko`zlab, uning joniga e'tibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yo`lida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning g`azabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.Мадина аҳлига ва уларнинг атрофидаги аъробийларга Расулуллоҳдан четда қолишлари ва ўз жонларини кўзлаб, унинг жонига эътибор қилмасликлари дуруст эмас. Зеро, уларга Аллоҳнинг йўлида ташналик, чарчоқ, очлик етса, кофирларнинг ғазабини чиқарадиган бирон қадам боссалар, душманга бирон зиён етказсалар, албатта, уларга солиҳ амал ёзиладир. Албатта, Аллоҳ яхшилик қилувчиларнинг ажрини зое қилмас.Alauddin Mansour: Madina aholisi va ularning atroflaridagi aʼrobiylar uchun (jihodga chiqmay) Allohning paygʻambaridan qolishlari va Undan yuz oʻgirib oʻzlari bilan ovora boʻlishlari joiz emas edi. Zero, Alloh yoʻlida ularga biron tashnalik, mashaqqat, ochlik yetsa va kofirlarni gʻazablantiradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta ular uchun bu ishlari sababli, yaxshi amal yozilur. Zotan, Alloh yaxshilik qilguvchilarning amallarini zoye qilmas.Мадина аҳолиси ва уларнинг атрофларидаги аъробийлар учун (жиҳодга чиқмай) Аллоҳнинг пайғамбаридан қолишлари ва Ундан юз ўгириб ўзлари билан овора бўлишлари жоиз эмас эди. Зеро, Аллоҳ йўлида уларга бирон ташналик, машаққат, очлик етса ва кофирларни ғазаблантирадиган бирон қадам боссалар, душманга бирон зиён етказсалар, албатта улар учун бу ишлари сабабли, яхши амал ёзилур. Зотан, Аллоҳ яхшилик қилгувчиларнинг амалларини зое қилмас.
Madiyna ahli Islom daʼvatining hamma tashvishlarini ixtiyoriy ravishda oʻz boʻyinlariga olgan buyuk bir jamoadir. Ular Islomning va islomiy jamiyatning oʻzagini tashkil qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oʻz vatanlariga chaqirgan, U kishiga va boshqa muhojirlarga joy va yordam berganlar ham Madiyna ahlidir. Shuningdek, Madiynai Munavvara atrofidagi qabilalar ham Islom jamiyati chegarasini qoʻrib turgandek gap. Shuning uchun ham:
«Madiyna ahliga va ularning atrofidagi aʼrobiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va oʻz jonlarini koʻzlab, uning joniga eʼtibor qilmasliklari durust emas».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarbarlik eʼlon qilib, jihodga chiqqanlarida ularning qochib, ortda qolishlari durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam issiqda, ochlik, tashnalikda, turli qiyinchiliklarda yurgan bir paytda, ularning soyasalqinda jonlarining rohatini koʻzlab oʻtirishlari mutlaqo notoʻgʻridir. Bu safarbarlik Allohning amridir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan odob ham u kishidan ortda qolishni taqozo qilmaydi. Buning ustiga, boshqa omil ham bor:
«Zero, ularga Allohning yoʻlida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning gʻazabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir».
Demak, bu safarbarlik koni foyda ekan. Undagi har bir harakat uchun faqat ajru savob yozilib turar ekan. Kimga chanqagani yoki och qolgani yo charchagani uchun ajru savob beriladi? Faqat Allohning yoʻlida jihodga chiqqan muhojirga! Kimning bosgan har bir qadamiga ajru savob yoziladi? Allohning yoʻlida jihodga chiqqan muhojirning kofirlar gʻazabini keltirgan har bir qadamiga! Shunday ekan, albatta, safarbarlikdan qochib, ortda qolish durust emasdi. Moʻmin kishi amrga boʻysunib, yaxshi amalni qilib qoʻyaversin:
«Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas».
Ha, moʻminlar yaxshi amallarga oʻzlarini ursinlar. Zero: