۞ أَجَعَلْتُمْ سِقَايَةَ ٱلْحَآجِّ وَعِمَارَةَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ كَمَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَجَـٰهَدَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ لَا يَسْتَوُۥنَ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yo`lida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.Ҳожиларга сув беришни ва Масжидул Ҳаромни обод қилишни Аллоҳга, охират кунига иймон келтирган ва Аллоҳнинг йўлида жиҳод қилган каби қилдингизми?! Улар Аллоҳнинг ҳузурида тенг эмаслар. Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: (Ey mushriklar), sizlar hojilarga suv berishni va Masjidul-Haromni obod qilishni — Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan hamda Alloh yoʻlida kurashgan zotlar(ning amallariga) teng, deb bildingizmi?! Ular (yaʼni, moʻminlar bilan mushriklar) Alloh nazdida teng emaslar, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.(Эй мушриклар), сизлар ҳожиларга сув беришни ва Масжидул-Ҳаромни обод қилишни — Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирган ҳамда Аллоҳ йўлида курашган зотлар(нинг амалларига) тенг, деб билдингизми?! Улар (яъни, мўминлар билан мушриклар) Аллоҳ наздида тенг эмаслар, Аллоҳ золим қавмни ҳидоят қилмас.
Maʼlumki, Makka mushriklari Masjidul Haromning va hajning xizmatlarini taqsimlab olishgan edi.
Maʼlum qabila yoki urugʻ Kaʼbai Muazzamaning kalitini saqlasa, boshqasi ularga yordamlashishni va yoki shunga oʻxshash ishlarni oʻziga olgan edi. Shuningdek, hojilarga tegishli xizmatlar ham, ayniqsa, hojilarga suv berish alohida martaba hisoblanardi. Bu ishlardan mushriklar doimo faxrlanib yurishar edi. Hatto kishilar orasida bu haqda tortishuvlar ham boʻlib turardi. Oyatda bu ishning haqiqiy bahosi berilmoqda.
«Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yoʻlida jihod qilgan kabi qildingizmi?!»
Masjidul Haromdagi baʼzi obodonchilik ishlarini qilish yoki hojilarga suv berishning oʻzi Allohga iymon keltirishga va Allohning yoʻlida jihod qilishga hech qachon teng kelmasligi taʼkidlanmoqda. Chunki, masjidni obod qilsa-yu, hojiga xizmat etsa-yu, oʻzi mushrik boʻlsa, undan nima foyda? Hech foyda yoʻq. Shuning uchun ham, oyatda:
«Ular Allohning huzurida teng emaslar»,–deyilmoqda.
Mushriklar qanday yaxshi ish qilmasin, baribir, zolimdirlar.
«Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas».
Keyingi oyatda moʻminlarning fazli bayon qilinadi: