إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَـٰجِدَ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ فَعَسَىٰٓ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَن يَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to`kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo`rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o`shalar hidoyat topguvchilardan bo`lsalar.Албатта, Аллоҳнинг масжидларини фақат Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирганлар, намозни тўкис адо этганлар, закотни берганлар ва Аллоҳдан бошқадан қўрқмаганларгина обод қилурлар. Ажаб эмаски, ана ўшалар ҳидоят топгувчилардан бўлсалар.Alauddin Mansour: Allohning masjidlarini faqat Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni toʻkis ado etgan, zakotni (haqdorlarga) ato qilgan va yolgʻiz Allohdangina qoʻrqadigan zotlargina obod qilurlar. Ana oʻshalar hidoyat topguvchi zotlar boʻlsalar, ajabmas.Аллоҳнинг масжидларини фақат Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирган, намозни тўкис адо этган, закотни (ҳақдорларга) ато қилган ва ёлғиз Аллоҳдангина қўрқадиган зотларгина обод қилурлар. Ана ўшалар ҳидоят топгувчи зотлар бўлсалар, ажабмас.
Masjidlarni obod qilish sharafiga muyassar boʻlish koʻpgina shartlarni bajargan kishigagina nasib etar ekan. Shartlarning birinchisi: «Allohga iymon keltirish». Yaʼni, qalbida faqat Allohga iymoni bor boʻlgan, undan boshqa hech bir zot ibodatga loyiq emas, deb bilgan kishida Allohning masjidlarini obod qilish sharafiga muyassar boʻlishning bitta sharti mavjud boʻladi. Ikkinchisi: «Oxirat kuniga iymon keltirish». Bu ham iymonning eng katta ruknlaridan biridir. Oxiratdan umidvor kishigina Allohning masjidlarini obod qilishga harakat qiladi. Uchinchisi: «Namozni toʻkis ado etish». Chunki, namoz dinning ustunidir. Kim uni qoim qilsa, dinni ham qoim qilgan boʻladi. Toʻrtinchisi: «Zakot berish». Bu, moliyaviy ibodat boʻlib, baʼzi hollarda «sadaqa» deb ham ataladi. Yaʼni, u ham iymonni tasdiqlovchi ibodatdir. Beshinchisi: «Allohdan boshqadan hech qoʻrqmaslik». Chunki, Allohdan boshqadan qoʻrqish shirkning bir turidir. Mazkur sifatlarni oʻzida mujassam etganlargina Allohning masjidlarini obod qiladilar va: «Ajab emaski, ana oʻshalar hidoyat topguvchilardan boʻlsalar». Makka mushriklari esa, mazkur sifatlardan birortasiga ega boʻlmasalar ham, oʻzlaricha, Allohning uyi–Masjidul Haromni obod qiluvchilarmiz, degan daʼvoni qilib yurishar edi. Kelgusi oyatda ularga xitob qilinib, bu daʼvolari notoʻgʻri ekani bayon etiladi.