QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят17

مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَن يَعْمُرُوا۟ مَسَـٰجِدَ ٱللَّهِ شَـٰهِدِينَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِم بِٱلْكُفْرِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَـٰلُهُمْ وَفِى ٱلنَّارِ هُمْ خَـٰلِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mushriklarga, o`zlarining kofir ekanliklariga guvoh bo`lgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana o`shalar amallari habata bo`lganlardir va ular do`zaxda abadiy qoluvchilardir.Мушрикларга, ўзларининг кофир эканликларига гувоҳ бўлган ҳолларида, Аллоҳнинг масжидларини обод қилишлари жоиз эмас. Ана ўшалар амаллари ҳабата бўлганлардир ва улар дўзахда абадий қолувчилардир.Alauddin Mansour: Mushriklar oʻzlarining kofir ekanliklariga guvoh boʻlgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ularning qilgan amallari behuda ketar, oʻzlari esa doʻzaxda abadiy qolguvchidirlar.Мушриклар ўзларининг кофир эканликларига гувоҳ бўлган ҳолларида Аллоҳнинг масжидларини обод қилишлари жоиз эмас. Уларнинг қилган амаллари беҳуда кетар, ўзлари эса дўзахда абадий қолгувчидирлар.

189-sahifa · 10-juz · 19-hizb189-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасكَانَjoizжоизلِلْمُشْرِكِينَmushriklargaмушрикларгаأَن-lari-лариيَعْمُرُوا۟obod qilishlariобод қилишлариمَسَـٰجِدَmasjidlariniмасжидлариниٱللَّهِAllohningАллоҳнингشَـٰهِدِينَguvoh boʻlgan hollaridaгувоҳ бўлган ҳолларидаعَلَىٰٓqarshiқаршиأَنفُسِهِمoʻzlarigaўзларигаبِٱلْكُفْرِ ۚkufrlari ilaкуфрлари илаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларحَبِطَتْhabata boʻldi (behuda ketdi)ҳабата бўлди (беҳуда кетди)أَعْمَـٰلُهُمْamallariамаллариوَفِىva ichidaва ичидаٱلنَّارِdoʻzaxдўзахهُمْularуларخَـٰلِدُونَabadiy qoluvchilardirабадий қолувчилардир
TafsirТафсир

Allohning masjidlari, oʻz nomi bilan, Allohning uylaridir. Bu uylarda Allohdan boshqaning ismini zikr qilib boʻlmaydi. Mushriklar esa, oʻz nomlari bilan, mushriklardir. Ular Allohning emas, balki Allohdan oʻzgalarning nomini zikr qiladilar. Allohga emas, Allohdan oʻzgaga ibodat qiladilar. Tabiiyki, ular hech qachon Allohning masjidlarini obod etmaydilar.

«Mushriklarga, oʻzlarining kofir ekanliklariga guvoh boʻlgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas».

Ushbu oyati karimani keng tafsir qilgan ulamolarimiz masjidlar maʼnaviy va moddiy obod qilinadi, deydilar. Bu ikki ishni ham mushriklarning qilishi joiz emasdir. Ayniqsa, masjid deganda Masjidul Harom koʻzda tutilgan boʻlsa, uning atrofidagi maʼlum chegaragacha mushriklarning kelishi mumkin ham emas. Oʻsha «hajjul akbar» kuni eʼlon qilingandan buyon shunday. Mushrik boʻlgan holda masjidni obod qilish behuda urinishdir:

«Ana oʻshalar amallari habata boʻlganlardir».

Iymoni yoʻq shaxs har qancha yaxshi ish qilsa ham, harakatlari behudadir. Ular baribir doʻzaxga tushadilar:

«...va ular doʻzaxda abadiy qolurlar».

Allohning masjidini obod qilish sharafi boshqa kishilarga nasib etgandir: