QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят16

أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تُتْرَكُوا۟ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَـٰهَدُوا۟ مِنكُمْ وَلَمْ يَتَّخِذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَا رَسُولِهِۦ وَلَا ٱلْمُؤْمِنِينَ وَلِيجَةً ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va mo`minlardan o`zgani do`st tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qo`yilmog`ingizni o`yladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir.Сиздан жиҳод қилганларни, Аллоҳдан, Унинг Расулидан ва мўминлардан ўзгани дўст тутмаганларни билмай туриб, Аллоҳ томонидан тарк этиб қўйилмоғингизни ўйладингизми? Аллоҳ нима қилаётганларингиздан хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), balki sizlarning orangizda (haq yoʻlda) kurashgan va Allohdan, Uning paygʻambaridan va moʻminlardan oʻzga biron kimsani doʻst tutmagan zotlarni, Alloh bilmasdan (yaʼni, imtihon qilmasdan oʻz holiga) qoʻyib qoʻyishini oʻylagandirsizlar?! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.(Эй мўминлар), балки сизларнинг орангизда (ҳақ йўлда) курашган ва Аллоҳдан, Унинг пайғамбаридан ва мўминлардан ўзга бирон кимсани дўст тутмаган зотларни, Аллоҳ билмасдан (яъни, имтиҳон қилмасдан ўз ҳолига) қўйиб қўйишини ўйлагандирсизлар?! Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

189-sahifa · 10-juz · 19-hizb189-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиحَسِبْتُمْoʻyladingizmiўйладингизмиأَن-ni-ниتُتْرَكُوا۟tark etib qoʻyilmogʻingizтарк этиб қўйилмоғингизوَلَمَّاva hali emasва ҳали эмасيَعْلَمِbilmay turibбилмай турибٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниجَـٰهَدُوا۟jihod qilganlarжиҳод қилганларمِنكُمْsizdanсизданوَلَمْva emasва эмасيَتَّخِذُوا۟doʻst tutganlarдўст тутганларمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳوَلَاva naва наرَسُولِهِۦUning RasulidanУнинг Расулиданوَلَاva naва наٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlardanмўминларданوَلِيجَةًۭ ۚsirdosh doʻstсирдош дўстوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳخَبِيرٌۢxabardor zotdirхабардор зотдирبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotganқилаётган
TafsirТафсир

Daʼvat qilib dinga qiziqtirilganda, odamlar koʻpchilikka qoʻshilaveradilar. Turli fikr, maqsad va gʻaraz bilan oʻzini musulmon koʻrsatishga hamma urinaveradi. Kim kimligini bilib olish qiyin boʻladi. Baʼzilar sirtdan oʻzini musulmon koʻrsatib, ichdan Allohdan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Moʻminlardan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Bunday kishilarning haqiqiy basharalarini ochish uchun soxtakorlar chiday olmaydigan qiyinroq ish taklif qilinadi.

«Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va moʻminlardan oʻzgani doʻst tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qoʻyilmogʻingizni oʻyladingizmi?»

Jihod ana oʻsha ishlardan biridir. Jihodda haqiqiy moʻmin- musulmonlar boshqalardan ajralib chiqib qoladilar. Faqat Allohni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni va moʻminlarni doʻst tutganlargina bu ishga yaraydilar. Bu ishlarni kishilar koʻziga koʻrsatish uchun jihod farz qilingan. Alloh esa, buni oʻzi azaldan biladi.

«Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir».

Asta-sekin mushriklar bilan boʻladigan muomalalar oydinlashib kelmoqda. Ular bilan ora ochiqlik eʼlon qilindi. Murosasiz holda turib urushishlik, tavba qilsalar, oʻzlariga yaxshi boʻlishi va boshqa masalalar bayon etildi. Shu asnoda bir masala koʻndalang boʻladi. Hozirgacha Baytullohning imorati–obodonchilik ishlari va haj masalalariga xuddi mana shu mushriklar mutasaddi boʻlib kelayotgan edi. Endi nima boʻladi? Quyidagi oyatda bu savolning javobi keladi. Faqat Masjidul Harom emas, balki bironta masjidni ham obod qilishga ularning haqlari yoʻqligi, bunga kim haqli ekanligi va boshqa masalalar bayon qilinadi: