وَيُذْهِبْ غَيْظَ قُلُوبِهِمْ ۗ وَيَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qalblaridagi achchiqni ketkazadir. Alloh kimni xohlasa, o`shaning tavbasini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.Ва қалбларидаги аччиқни кетказадир. Аллоҳ кимни хоҳласа, ўшанинг тавбасини қабул қиладир. Аллоҳ билгувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Va koʻngillaridagi gʻam-anduhni ketkazadi. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat Sohibidir.Ва кўнгилларидаги ғам-андуҳни кетказади. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишиларнинг тавбаларини қабул қилур. Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.
Yaʼni, muhimi sizlar jang qilaveringlar, bu yogʻini Allohning Oʻzi biladi. Alloh sizlarni qudratiga parda qila turib, qoʻllaringiz bilan mushriklarni azoblaydi, xorlaydi. Moʻminlarga nusrat, mushriklarga magʻlubiyat berish bilan avvalda mushriklar ozorlagan moʻminlarning koʻngillarini davolaydi. Islomga yordam berib, uni kufrdan ustun qilish bilan moʻminlarning qalbida yigʻilib qolgan achchiqlarni ketkazadi.
Moʻminlarning gʻolib, kofirlarning magʻlub boʻlishi, Islomning ustun kelib, kufrning qulashi baʼzi mushriklarning koʻzini ochib, iymonga chorlashi mumkin. Shunday boʻlsa, qanday yaxshi. Moʻminlarning jihoddan maqsadlari ham–shu. Odamlar iymonga kelsin, Xudodan boshqaga qul boʻlmasin, deb jihod qiladilar. Agar mushriklar iymonga kelsalar:
«Alloh kimni xohlasa, oʻshaning tavbasini qabul qiladir».
Alloh hamma narsani bilib turadi va faqat hikmat bilan tasarruf qiladi.
«Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir».
Keyingi oyatda jang qilishga buyurishining hikmati nima ekanligi bildiriladi: