QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят2

فَسِيحُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُخْزِى ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, yer yuzida to`rt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir.Бас, ер юзида тўрт ой сайр қилиб юринглар ва билингларки, албатта, сиз Аллоҳни ожиз қолдирувчи эмассиз ва, албатта, Аллоҳ кофирларни хор қилгувчидир.Alauddin Mansour: (Ey mushriklar, urush harom qilingan) toʻrt oy ichida Yerda sayru sayohat qilib yuraveringlar va bilinglarki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassizlar — albatta Alloh kofirlarni rasvo qilguvchidir.(Эй мушриклар, уруш ҳаром қилинган) тўрт ой ичида Ерда сайру саёҳат қилиб юраверинглар ва билингларки, сизлар Аллоҳни ожиз қилувчи эмассизлар — албатта Аллоҳ кофирларни расво қилгувчидир.

187-sahifa · 10-juz · 19-hizb187-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَسِيحُوا۟bas, sayr qilib yuringlarбас, сайр қилиб юрингларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиأَرْبَعَةَtoʻrtтўртأَشْهُرٍۢoyойوَٱعْلَمُوٓا۟va bilinglarва билингларأَنَّكُمْalbatta, sizалбатта, сизغَيْرُemassizэмассизمُعْجِزِىojiz qoldiruvchiожиз қолдирувчиٱللَّهِ ۙAllohniАллоҳниوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳمُخْزِىxor qilguvchidirхор қилгувчидирٱلْكَـٰفِرِينَkofirlarniкофирларни
TafsirТафсир

Bu ish musulmonlar bilan ahdnoma tuzgan va soʻngra ahdni buzgan mushriklarga tegishlidir. Bu toʻrt oy toʻqqizinchi hijriy sana Zulhijja oyining oʻninchi kunidan boshlanib Robiul oxir oyining oʻninchi kunigacha davom etadi. Shunda Zulhijja oyidan yigirma kun, Muharram, Safar va Robiul avval oylari toʻliq holda, Robiul oxir oyidan oʻn kun boʻladi. Mana shu muddat chiqqandan keyin Alloh va Uning Rasuli tomonidan ahdnomaga amal qilish toʻxtatiladi. Bu, «ora ochiqlik» eʼlonidir. Ungacha, yaʼni, toʻrt oygacha sizga birov tegmaydi, yer yuzida bemalol yuraverishingiz mumkin. Yursangiz yuravering-u, ammo:

«...bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz».

Qayoqqa ham borar edingiz? Islomga va musulmonlarga dushmanlik qilib nima ham qila olar edingiz? Yana bilinglarki:

«...albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir».

Siz, albatta, xor boʻlasiz.

Keyingi oyatda ora ochiqlik faqat ikki tomonga tegishli eʼlon emas, balki hammaga taalluqli ekanligi aytiladi.