يُبَشِّرُهُمْ رَبُّهُم بِرَحْمَةٍ مِّنْهُ وَرِضْوَٰنٍ وَجَنَّـٰتٍ لَّهُمْ فِيهَا نَعِيمٌ مُّقِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbilari ularga O`z tarafidan bo`lgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy ne'matlar bor jannatlarning bashoratini beradir.Роббилари уларга Ўз тарафидан бўлган раҳмат, розилик ва ичида уларга аталган доимий неъматлар бор жаннатларнинг башоратини берадир.Alauddin Mansour: Parvardigorlari ularga Oʻz tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun boʻladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy neʼmatlar bordir.Парвардигорлари уларга Ўз тарафидан раҳмат ва ризолик ҳамда улар учун бўладиган жаннатлар хушхабарини берурки, у жаннатларда доимий неъматлар бордир.
Yaʼni, iymon keltirib, hijrat qilib, mollari va jonlari bilan jihodga chiqqan bandalarga Robbilari tomonidan, jumladan, quyidagi mukofotlar bashorati beriladi:
1. Robbilaridan boʻlgan rahmat.
Zotan har bir oʻzini bilgan banda uchun ushbu ilohiy rahmatga erishish oliy maqsaddir.
2. Robbilaridan boʻlgan rozilik.
Robbil olamiyndan boʻladigan rozilik ikki dunyodagi eng ulugʻ neʼmat, eng oliy mukofot ekanligi hech kimga sir emas.
3. Robbil olamiyn tomonidan beriladigan, ichida doimiy neʼmatlar bor jannatlar. Albatta bundoq jannatlarga faqatgina Roobilarining rahmati va roziligiga sazovor boʻlgan bandalargina erishadilar.
Xoʻsh, ana oʻsha jannatlarga erishish bilan ish tamom boʻladimi? Yoʻq, albatta. Undan keyin nima boʻlishini keyingi oyati karima bayon qiladi.