خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular unda abadiy qoluvchilardir. Albatta, Alloh — huzurida ulug` ajr bor Zotdir.Улар унда абадий қолувчилардир. Албатта, Аллоҳ — ҳузурида улуғ ажр бор Зотдир.Alauddin Mansour: Ular oʻsha joylarda abadiy qolurlar. Darhaqiqat, faqat Allohning huzuridagina ulugʻ ajr bordir.Улар ўша жойларда абадий қолурлар. Дарҳақиқат, фақат Аллоҳнинг ҳузуридагина улуғ ажр бордир.
Demak, jannatga kirish oddiy kirish boʻlmaydi. Balki, abadiy qolish uchun kirish boʻladi. Ana oʻshandoq kirishgina haqiqiy rohat-farogʻat kasb etadi. Chunki, vaqtinchalik neʼmat har qancha yaxshi boʻlmasin, yetarli huzur baxsh eta olmaydi.
Eng muhimi,
«Albatta, Alloh–huzurida ulugʻ ajr bor Zotdir».
Bu, Alloh taolo mazkur baxtiyor bandalarga zikr qilingan narsalardan oʻzga yana boshqa mukofotlarni ham Oʻzi bilib beradi deganidir.
Keyingi oyatlarda moʻmin kishining qalbi faqat Alloh uchun, dinu diyonat uchun xolis boʻlishligi, u boshqa hech bir narsaga bogʻlanmasligi zarurligi bayon qilinadi: