QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят23

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوٓا۟ ءَابَآءَكُمْ وَإِخْوَٰنَكُمْ أَوْلِيَآءَ إِنِ ٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْكُفْرَ عَلَى ٱلْإِيمَـٰنِ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun ko`rsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni do`st tutmang. Sizdan kim ularni do`st tutsa, bas, ana o`shalar, o`zlari zolimlardir.Эй, иймон келтирганлар! Агар куфрни иймондан устун кўрсалар, ота-онангиз ва ака-укаларингизни дўст тутманг. Сиздан ким уларни дўст тутса, бас, ана ўшалар, ўзлари золимлардир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, agar iymondan kufrni afzal bilsalar, ota-onalaringiz va aka-ukalaringizni (ham) doʻst tutmangiz! Sizlarning ichingizda kimda-kim ularni doʻst tutsa, (yaʼni, ularni deb iymondan kufrga qaytsa) bas, ular zolimlardir.Эй мўминлар, агар иймондан куфрни афзал билсалар, ота-оналарингиз ва ака-укаларингизни (ҳам) дўст тутмангиз! Сизларнинг ичингизда кимда-ким уларни дўст тутса, (яъни, уларни деб иймондан куфрга қайтса) бас, улар золимлардир.

190-sahifa · 10-juz · 19-hizb190-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганلَاemasэмасتَتَّخِذُوٓا۟tutinglarтутингларءَابَآءَكُمْota-onalaringizniота-оналарингизниوَإِخْوَٰنَكُمْva aka-ukalaringizniва ака-укаларингизниأَوْلِيَآءَdoʻst (valiy) qilibдўст (валий) қилибإِنِagarагарٱسْتَحَبُّوا۟ustun koʻrsalarустун кўрсаларٱلْكُفْرَkufrniкуфрниعَلَى-dan-данٱلْإِيمَـٰنِ ۚiymonиймонوَمَنva kimва кимيَتَوَلَّهُمularni doʻst tutsaуларни дўст тутсаمِّنكُمْsizdanсизданفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларهُمُoʻzlariўзлариٱلظَّـٰلِمُونَzolimlardirзолимлардир
TafsirТафсир

Islom aqiydasi uchun sof qalb kerak. Aqiyda toza qalbdan joy olishi uchun undan boshqa manfaatlar uzilishi lozim. Yaʼni, iymon, eʼtiqod, dinu diyonat masalasi hamma narsadan ustun qoʻyilmogʻi kerak.

«Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun koʻrsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni doʻst tutmang».

Hatto ota-ona va aka-uka kabi dunyodagi eng yaqin kishilar bosh- qa diyonatni tanlagan boʻlsalar, ularni ham doʻst tutib boʻlmaydi. Yaʼni, qalbdan yaxshi koʻrish mumkin emas. Ular bilan aloqa, muomalalar boʻlaveradi, ammo qalb faqat aqiyda uchun xolis qoladi. Kufrni ixtiyor etgan qarindoshlarni doʻst–valiy tutish shirkning bir koʻrinishidir. Shuning uchun, bu ishni qilganlar oyatda zolimlar deb atalmoqdalar.

«Sizdan kim ularni doʻst tutsa, bas, ana oʻshalar oʻzlari zolimlardir».

Mazkur zolimlardan boʻlmayin desangiz, bu borada Alloh taoloning amriga itoat qiling.