QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят25

لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh sizlarga ko`p joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. O`shanda sizni ko`pligingiz mag`rur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. So`ngra, ortga qarab qochdingiz.Батаҳқиқ, Аллоҳ сизларга кўп жойларда нусрат берди. Ҳунайн кунида ҳам. Ўшанда сизни кўплигингиз мағрур қилган эди. Бас, сизга ҳеч фойда бермади ва кенг ер сизга торлик қилиб қолди. Сўнгра, ортга қараб қочдингиз.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni koʻp oʻrinlarda gʻolib qildi. Hunayn (Makka bilan Toif oʻrtasidagi bir vodiy) kunini (eslanglar)! Oʻshanda sizlarni koʻp ekanligingiz magʻrur qilib qoʻygan edi, ammo u (yaʼni, sanogʻingizning koʻpligi) sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi (qutqarib olmadi) va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi, soʻng yuz oʻgirgan holingizda chekindingiz!Аллоҳ сизларни кўп ўринларда ғолиб қилди. Ҳунайн (Макка билан Тоиф ўртасидаги бир водий) кунини (эсланглар)! Ўшанда сизларни кўп эканлигингиз мағрур қилиб қўйган эди, аммо у (яъни, саноғингизнинг кўплиги) сизларни ҳеч нарсадан беҳожат қила олмади (қутқариб олмади) ва сизларга кенг ер торлик қилиб қолди, сўнг юз ўгирган ҳолингизда чекиндингиз!

190-sahifa · 10-juz · 19-hizb190-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْbatahqiqбатаҳқиқنَصَرَكُمُsizlarga nusrat berdiсизларга нусрат бердиٱللَّهُAllohАллоҳفِى-da-даمَوَاطِنَjoylarжойларكَثِيرَةٍۢ ۙkoʻpкўпوَيَوْمَva kunidaва кунидаحُنَيْنٍ ۙHunaynҲунайнإِذْoʻshandaўшандаأَعْجَبَتْكُمْsizni magʻrur qilgan ediсизни мағрур қилган эдиكَثْرَتُكُمْkoʻpligingizкўплигингизفَلَمْbas, emasбас, эмасتُغْنِfoyda berdiфойда бердиعَنكُمْsizgaсизгаشَيْـًۭٔاhech narsaҳеч нарсаوَضَاقَتْva torlik qilib qoldiва торлик қилиб қолдиعَلَيْكُمُsizgaсизгаٱلْأَرْضُyerерبِمَاgarchiгарчиرَحُبَتْkeng boʻlsa hamкенг бўлса ҳамثُمَّsoʻngraсўнграوَلَّيْتُمyuz oʻgirdingizюз ўгирдингизمُّدْبِرِينَortga qochgan holdaортга қочган ҳолда
TafsirТафсир

Darhaqiqat, Alloh taolo musulmonlarga koʻpgina makonlarda nusrat bergan edi. Buni, ayniqsa, ushbu uch oyat tushganda hozir boʻlgan avlod, yaʼni, sahobalar avlodi juda yaxshi bilardilar. Alloh taolo bu oyati karimalarda Hunayn gʻazotiga alohida eʼtibor bermoqda. Hunayn gʻazoti Makkai Mukarrama fath qilingandan soʻng, sakkizinchi hijriy yilning Shavvol oyida boʻlgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarrama fathini tamomlab, ishlarni bir yoqlik qilib, shahar aholisining koʻpi musulmon boʻlib turgan paytda noxush xabarni eshitadilar. Xabarda aytilishicha, Havozan qabilasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi urush qilish uchun odam toʻplabdi. Ularning boshligʻi Molik ibn Avf an-Nazriy ekan. Unga saqifliklar toʻla qoʻshilibdi. Yana Bani Jashm, Bani Saʼd ibn Bakr, Hilol qabilasidan Avʼoʼ urugʻi (ular oz ekan) Bani Amir ibn Omir va Avf ibn Omirlar qoʻshilishibdi. Ular oʻzlari bilan ayollar, bolalar, qoʻylar va boshqa narsalarni ham olib chiqibdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fathi uchun olib kelgan muhojirlar, ansoriylar va arab qabilalaridan tuzilgan oʻn ming kishilik askarlari bilan dushman tomon yoʻl oldilar. Islomga yangi kirgan ikki ming makkalik ham u kishi bilan birga edi. Hammalari bir boʻlib dushman tomon yurish qildilar. Ikki tomon Makka bilan Toif orasidagi Hunayn deb nomlanadigan vodiyda toʻqnashdilar. Jang tong gʻira-shira yorishganda boshlandi. Musulmonlar vodiyga kirib borishganida, havozanliklar qoʻygan pistirma ularga sezdirmay birdan hujum qilib qoldi. Ular tinmay kamondan oʻq yogʻdirishar, qilichlarini ishga solishar va podshohlari buyurganidek, yoppasiga hujum qilishar edi. Ana shu paytda musulmonlar orqaga qarab qocha boshladilar. Oʻsha kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sobit turdilar. U kishi xachirlarini dushmanning roʻbarasiga qarab solar edilar. Xachirning yuganini oʻng tomondan Abbos, chap tomondan Abu Sufyon ibn al-Horis ibn Abdulmuttolib tutib tortishar, uning yurishini sekinlatishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, odamlarni qaytarishga urinib: «Men tomonga, ey, Allohning bandalari, men tomonga. Men Allohning Rasuliman. Mening Paygʻambarligim yolgʻon emas. Men Abdulmuttolibning farzandiman»,–deb qichqirar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam bilan sahobalardan yuz kishicha sobit turdilar. Ularning ichida Abu Bakr, Umar, Ali, Abbos, Fazl ibn Abbos, Abu Sufyon, Ibn al-Horis, Ayman ibn Ummu Ayman, Usoma ibn Zayd va boshqalar roziyallohu anhum bor edilar. Soʻngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilari Abbosga baland ovoz bilan: «Ey, daraxt sohiblari», deb chaqirishni buyurdilar. (Hudaybiyada muhojir va ansoriylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga daraxt ostida bayʼat qilgan edilar. Ana oʻsha kishilarni chaqirishni amr etdilar). Abbos baland ovoz bilan chaqirishga tushdi. Ular esa: «Labbayka, labbayka», deb javob berib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomon qayta boshladilar. Baʼzi kishilarning mingan ulovi qaytmasa, sovutini kiyib, ulovidan tushib, piyoda keldi. Ulardan bir guruhi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida toʻplangandan soʻng, ularga sidqidildan kuchli bir hamla qilishga buyruq berdilar. Shunda mushriklar yengilib, pala-partish qochishga tushdi. Asirlarni toʻplab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qoshlariga olib kelishgandagina, bosh- qa musulmonlar ham qaytib kelishdi.

Bu urushda birinchi marta musulmonlar tomonida oʻn ikki ming kishilik askar qatnashdi. Askarning koʻpligi ularni gʻururlantirib, gʻalabaning asosiy manbaini unutib qoʻydilar. Oqibatda, jangning boshlanishida magʻlubiyatga uchradilar. Soʻngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga sobit turgan oz sonli musulmonlarga Allohning Oʻzi nusrat berdi. Shu bilan birga, Alloh musulmonlarga yordam uchun farishtalarni ham tushirdi.

Endi ana oʻsha ishlarni ushbu uch oyati karimalar qandoq vasf qilganini oʻrganib chiqaylik.

«Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham».

Darhaqiqat, Alloh taolo musulmonlarga juda koʻp joylarda yordam berdi. Badr urushidan boshlab to Hunayngacha boʻlgan barcha urushlarda Alloh taolo musulmonlarga Oʻz yordamini berib keldi. Hunayn kuni ham Allohning yordami boʻlmaganda, musulmonlarning ishi chatoq boʻlib qolgan edi.

«Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi».

Hunayn urushi Makkai Mukarrama fathidan keyin bevosita boshlanganidan, unga mazkur fathda ishtirok etgan fotihlardan tashqari fath sababli yangi musulmon boʻlgan ahli Makka va boshqa koʻpgina tomonlar ham chiqishgan edi. Hamma yangi gʻalaba, Islomning zohir boʻlishi nashidasini surar edi. Koʻpchilik, endi ish bitdi, musulmonlarga hech kim bas kela olmaydi, degan fikrda edi. Birinchi marta musulmon lashkari oʻn ikki ming kishilik katta lashkarga aylangan edi. Kishilarni bu ulkan adad gʻururga ketkazib qoʻygandi. Ularda ozlik chogʻimizda qanchadan-qancha dushmanlarning ustidan gʻolib chiqqanmizku, shuncha katta songa ega boʻlib turib oʻzimizdan oz sonli mushriklarni yenga olmasmidik, degan manmanlik paydo boʻlgan edi.

Ammo, Hunayn urushi qizigan paytda askarning adadining koʻpligi sizga hech qanday foyda bermay qoldi. Mushriklar qoʻygan pistirmadan toʻsatdan qashqatqich zarbaga uchragan siz musulmonlar oʻzlaringizni darhol oʻnglay olmay qoldingizlar. Dushmanning kuchli bosqisi tufayli sizlarga yer yuzi torlik qilib qoldi va:

«Soʻngra, ortga qarab qochdingiz».

Qochganda ham, hech narsaga qaramay qochdingiz. Hatto oʻz Paygʻambaringizni ham tashlab qochdingiz.

«Soʻngra, Alloh sokinligini Paygʻambariga va moʻminlarga tushirdi hamda siz koʻrmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi».

Alloh taolo tushirgan sokinlik tufayli Uning Paygʻambari hamma qochganda ham sobit turdi. U zot hech narsadan qoʻrqmay xachirlarini dushman tomon ildamlatar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni qaytarishga urinib: «Men tomonga, ey, Allohning bandalari, men tomonga. Men Allohning Rasuliman. Mening Paygʻambarligim yolgʻon emas. Men Abdulmuttolibning farzandiman»,–deb qichqirar edilar.

Shuningdek, Alloh sokinlik ato qilgan oz sonli moʻminlar ham Paygʻambar bilan birga sobit turdilar.

Bu sabotga, ayniqsa, Alloh tomonidan sizga koʻrinmaydigan lashkarlar–farishtalarning tushirilishi katta madad boʻldi.

Shundoq qilib, oxir-oqibat, Alloh kofirlarni azobladi.

«Ana oʻsha kofirlarning jazosidir».

Musulmonlar tomonidan zarba yegan kofirlar jazolarini tortdilar.

«Soʻngra, oʻshandan keyin Alloh Oʻzi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir».

Ularning dushman bilan toʻqnashganda ortga qarab qochish ila sodir etgan ogʻir gunohlarini afv etdi.

Mushriklarga tegishli bu eslatmalardan keyin ular haqidagi hukm eʼlon qilinadi: