QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят28

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلَا يَقْرَبُوا۟ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَـٰذَا ۚ وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦٓ إِن شَآءَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yo`q, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qo`rqsangiz, Alloh, O`zi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qo`yadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.Эй, иймон келтирганлар! Албатта, мушриклар нажасдирлар, бунга шубҳа йўқ, бу йилларидан кейин Масжидул Ҳаромга яқин келмасинлар. Агар фақирликдан қўрқсангиз, Аллоҳ, Ўзи хоҳласа, сизни тезда фазли ила бой қилиб қўядир. Албатта, Аллоҳ билгувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas, (ular) bu yildan soʻng Masjidul-Haromga yaqin kelmasinlar! Agar sizlar (mushriklar haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar toʻxtab qolishi sababli) kambagʻallikdan qoʻrqsangizlar, (bilingki) yaqinda (Alloh) xohlasa, Oʻz fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak. Albatta, Alloh bilim va hikmat Sohibidir.Эй мўминлар, ҳеч шак-шубҳасиз, мушриклар нопок кимсалардир, бас, (улар) бу йилдан сўнг Масжидул-Ҳаромга яқин келмасинлар! Агар сизлар (мушриклар ҳаж мавсумида Маккага келтирадиган озиқ-овқатлар ва бошқа нарсалар тўхтаб қолиши сабабли) камбағалликдан қўрқсангизлар, (билингки) яқинда (Аллоҳ) хоҳласа, Ўз фазлу карами билан сизларни бой-бадавлат қилажак. Албатта, Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.

191-sahifa · 10-juz · 19-hizb191-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْمُشْرِكُونَmushriklarмушрикларنَجَسٌۭnajasdirlarнажасдирларفَلَاbas, emasбас, эмасيَقْرَبُوا۟yaqin kelsinlarяқин келсинларٱلْمَسْجِدَMasjidulМасжидулٱلْحَرَامَHaromgaҲаромгаبَعْدَkeyinкейинعَامِهِمْyillaridanйиллариданهَـٰذَا ۚbuбуوَإِنْva agarва агарخِفْتُمْqoʻrqsangizқўрқсангизعَيْلَةًۭfaqirlikdanфақирликданفَسَوْفَtezdaтездаيُغْنِيكُمُsizni boy qilib qoʻyadirсизни бой қилиб қўядирٱللَّهُAllohАллоҳمِن-dan-данفَضْلِهِۦٓOʻz fazliЎз фазлиإِنagarагарشَآءَ ۚxohlasaхоҳласаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌbilguvchiбилгувчиحَكِيمٌۭhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Aqiydalari buzuq mushriklar maʼnaviy jihatdan najas hisoblanadilar. Ushbu oyati karima hukmiga binoan ular Masjidul Haromga yaqin kelishlari mumkin emas. Oyatda «bu yillaridan» iborasi bilan toʻqqizinchi hijriy yili nazarda tutilgan. Oʻsha yili, yuqorida oʻrganganimizdek, Hazrati Abu Bakr amirliklarida haj boʻlgan va hazrati Ali bu oyatlarni hajga kelganlarga oʻqib, hukmini tushuntirganlar. Oʻsha yildan boshlab mushriklarning Masjidul Haromga kelishlari man qilingan.

«Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yoʻq, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar».

Buning uchun Haram chegarasi belgi qilib olindi. Makkai Mukarramaning atrofidagi oʻsha chegaradan musulmon emaslarga ichkari kirishga ruxsat berilmaydigan boʻldi. Oyatda hukm eʼlonidan keyin paydo boʻlishi mumkin boʻlgan savolga ham javob berilib:

«Agar faqirlikdan qoʻrqsangiz, Alloh, Oʻzi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qoʻyadir»,–deyilmoqda.

Maʼlumki, ahli Makka, asosan, Masjidul Haromning ziyoratiga kelgan ziyoratchi va hojilardan tushadigan mablagʻlarga yashar edi. Ularga taqdim qilinadigan xizmatdan, xususan, tijoratdan daromad topar edi. Mushriklar kelmay qoʻysalar, tijorat kasodga uchrashi mumkin edi. Lekin Alloh taolo ahli Makkaning xotirini jam qilib, Oʻz fazli ila ularni boshqa tomondan boy qilib qoʻyishini bildirmoqda.

«Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir».

U har bir hukmni bilib turib joriy qiladi. Uning chiqargan hukmlari hikmatdan xoli boʻlmaydi.

Shu bilan Islom jamiyatining mushriklarga taalluqli nihoiy hukmlari haqidagi oyatlar oxiriga yetadi. Oʻrganib chiqqanimizdek, ular hayotning turli sohalarini qamrab olgan.

Keyingi oyatlarda ahli kitoblar bilan boʻladigan aloqalar va muomalalarning nihoiy shakli bayon etiladi: