QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят29

قَـٰتِلُوا۟ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَلَا يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَلَا يَدِينُونَ دِينَ ٱلْحَقِّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ حَتَّىٰ يُعْطُوا۟ ٱلْجِزْيَةَ عَن يَدٍ وَهُمْ صَـٰغِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular bo`yinsungan hollarida o`z qo`llari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling.Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирмайдиганларга, Аллоҳ ва Унинг Расули ҳаром қилган нарсаларни ҳаром деб билмайдиган ва ҳақ динга юрмайдиган китоб берилганларга қарши, то улар бўйинсунган ҳолларида ўз қўллари билан «жизя» бермагунича, жанг қилинг.Alauddin Mansour: Allohga va Oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning paygʻambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq (yaʼni, Islom) diniga eʼtiqod qilmaydigan ahli kitoblardan iborat boʻlgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan (magʻlub) hollarida oʻz qoʻllari bilan (zimmalaridagi) soliqni toʻlamagunlaricha, jang qilingiz!Аллоҳга ва Охират кунига ишонмайдиган, Аллоҳ ва Унинг пайғамбари ҳаром деган нарсани ҳаром деб билмайдиган, Ҳақ (яъни, Ислом) динига эътиқод қилмайдиган аҳли китоблардан иборат бўлган кимсаларга қарши то улар хорланган (мағлуб) ҳолларида ўз қўллари билан (зиммаларидаги) солиқни тўламагунларича, жанг қилингиз!

191-sahifa · 10-juz · 19-hizb191-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَـٰتِلُوا۟jang qilingжанг қилингٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradilarиймон келтирадиларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَلَاva emasва эмасبِٱلْيَوْمِkunigaкунигаٱلْـَٔاخِرِoxiratохиратوَلَاva emasва эмасيُحَرِّمُونَharom deb biladilarҳаром деб биладиларمَاnarsaniнарсаниحَرَّمَharom qilganҳаром қилганٱللَّهُAllohАллоҳوَرَسُولُهُۥva Uning Rasuliва Унинг Расулиوَلَاva emasва эмасيَدِينُونَyuradilarюрадиларدِينَdingaдингаٱلْحَقِّhaqҳақمِنَ-dan-данٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобحَتَّىٰtoтоيُعْطُوا۟bermagunichaбермагуничаٱلْجِزْيَةَjizyaniжизяниعَنbilanбиланيَدٍۢoʻz qoʻllariўз қўллариوَهُمْva ularва уларصَـٰغِرُونَboʻyinsungan hollaridaбўйинсунган ҳолларида
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada ahli kitoblarga–«kitob berilganlarga» qarshi urushishga amr etilmoqda. Jang qilmaslikning bitta yoʻli bor. U ham boʻlsa, ular musulmonlarga boʻyinsungan hollarida oʻz qoʻllari bilan jizya berishlaridir. Shundagina ularga qarshi urush qilinmasligi mumkin. Jizya esa, gʻayridin kishining Islom himoyasi ostida yashashi, musulmonlar tomonidan taqdim etilgan ommaviy xizmatlardan foydalanishi va boshqa sabablar uchun Islom davlatiga toʻlab turiladigan mablagʻdir. Jizyani oʻz qoʻli bilan boʻyinsungan holda beradigan ahli kitoblarga qarshi musulmonlar urushmaydilar. Boshqalariga qarshi esa, urush qiladilar. Buning sababi bor:

Birinchidan:

«Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan» boʻlganlari uchundir.

Allohga va qiyomat kuniga ishonmaslik–dunyodagi yomonliklarning boshidir. Islom dunyoda yomonlikni yoʻq qilib, yaxshilikni tarqatishni boʻyniga olgan. Ushbu ulkan masʼuliyat yuzasidan Islom barcha yomonliklar masdari boʻlgan iymonsizlikka, xususan Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga nisbatan alohida qattiqqoʻl muomalada boʻladi.

Ikkinchidan:

«Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan» boʻlganlari uchundir.

Islom shariatida halol va harom orasini faqat Alloh va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ajrim qiladi. Bu ish odamlarning oʻziga tashlab qoʻyilgan emas. Shu bilan birga, halol va harom ishi aqiydaga taalluqli ish hamdir. Kim Alloh va Rasuli harom qilgan narsani harom deb bilmasa, kofir boʻladi, musulmonlikdan chiqadi. Narsalarni oʻzicha halol va harom demoq katta jinoyatdir, Allohning sherigi boʻlishga urinishdir. Bu jinoyatga qarshi kurashish Islom dini zimmasidagi majburiyatlardan biridir. Yer yuzida faqat Allohning amri vojibdir. Bandalar ustidan hukm yurituvchilar yoʻq boʻlishi kerak. Bandalar faqat Allohning hukmi ostida yashashlari lozim.

Uchinchidan:

«haq dinga yurmaydigan» boʻlganlari uchundir.

Oxirgi haq din Islomdir. Alloh bu dinni qiyomat kunigacha bandalarga ikki dunyo saodatini taʼminlovchi ilohiy tuzum sifatida yubordi. Insoniyat shu dinga kirgandagina, dinga toʻla boʻyinsungan sanaladi. Kim bu din yoʻliga yurmasa, haq dinga kirmagan boʻladi va uni haq dinga chaqirish musulmonlarning vazifasi hisoblanadi.

Ushbu oyati karimada yuqorida batafsil oʻrganib chiqilgan uch sababni oʻzida mujassam qilgan barcha kofirlar haqida emas, balki, oʻsha sabablarning sohibi boʻlgan,

«...kitob berilganlarga qarshi, to ular boʻyinsungan hollarida oʻz qoʻllari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling», deyilmoqda.

Kitob berilganlardan murod, Alloh tomonidan ilohiy kitob tushirilgan dinga ergashuvchilardir. Ular ushbu oyati karima nozil boʻlgan vaqtda ham, hozirda ham Yahudiy va Nasroniylardir.

Ushbu oyati karima hukmi boʻyicha ahli kitoblar Islomni qabul qilishdan bosh tortsalar, ular musulmon davlatiga jizya toʻlashlari lozim boʻladi. Jizya toʻlashdan ham bosh tortsalar, ularga qarshi to boʻyinsungan hollarida oʻz qoʻllari bilan «jizya» bermagunlaricha, jang qilinadi.

Ahli kitob boʻlmagan kofir qavmlar Islomni qabul qilmasalar, ularga qarshi urush qilinadi. Ulardan jizya qabul qilinmaydi.

Bu maʼnodagi Islomiy taʼlimotlar oʻziga tegishli oyatlar tafsirida kerakligicha bayon etilgan. Hozir asosiy gap ahli kitoblar–Yahudiy va Nasorolar, ular oʻz roziliklari bilan, boʻysungan hollarida jizya bermagunlaricha, musulmonlar tomonidan urush qilinishlari haqida ketmoqda.

Keyingi oyatda ahli kitoblarga qarshi urushish yoki jizya toʻlashni taklif qilishga sabab boʻlgan omillarni eslatish davom etadi: