وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ عُزَيْرٌ ٱبْنُ ٱللَّهِ وَقَالَتِ ٱلنَّصَـٰرَى ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ ٱللَّهِ ۖ ذَٰلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَٰهِهِمْ ۖ يُضَـٰهِـُٔونَ قَوْلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَبْلُ ۚ قَـٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۚ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiylar: «Uzayr Allohning o`g`lidir», – dedilar. Nasorolar: «Masiyh Allohning o`g`lidir», – dedilar. Bu og`izlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga o`xshaturlar. Alloh ularni la'natlasin. Qayon burilmoqdalar?!Яҳудийлар: «Узайр Аллоҳнинг ўғлидир», – дедилар. Насоролар: «Масийҳ Аллоҳнинг ўғлидир», – дедилар. Бу оғизлари билан айтган гапларидир. Аввалги куфр келтирганларнинг гапига ўхшатурлар. Аллоҳ уларни лаънатласин. Қаён бурилмоқдалар?!Alauddin Mansour: Yahudiylar: «Uzayr Allohning oʻgʻli», dedilar. Nasroniylar: «(Iyso) Masih Allohning oʻgʻli», dedilar. Bu ularning ogʻizlaridagi (hujjat-dalilsiz) gaplaridir. Ularning bu gaplari xuddi avvalgi kofir boʻlgan kimsalarning gapiga oʻxshaydi. Ularni Alloh laʼnatlagay! Qanday adashmoqdalar-a!Яҳудийлар: «Узайр Аллоҳнинг ўғли», дедилар. Насронийлар: «(Ийсо) Масиҳ Аллоҳнинг ўғли», дедилар. Бу уларнинг оғизларидаги (ҳужжат-далилсиз) гапларидир. Уларнинг бу гаплари худди аввалги кофир бўлган кимсаларнинг гапига ўхшайди. Уларни Аллоҳ лаънатлагай! Қандай адашмоқдалар-а!
Ahli kitoblarga nisbatan yuqoridagi hukmlarning chiqishiga sabab boʻlgan narsalarning toʻrtinchisi, ahli kitoblardan: «Yahudiylar: «Uzayr Allohning oʻgʻlidir», – dedilar». Yaʼni, Allohga Uzayrni shirk keltiradilar. Shuningdek: «Nasorolar: «Masiyh Allohning oʻgʻlidir», – dedilar». Ular ham Allohga Masiyh–Iysoni shirk keltiradilar. Bu ishda yahudiylar ham, nasorolar ham oʻzlaridan oldin oʻtgan butparast mushriklarga oʻxshashga urinadilar. Ha, «Bu, ogʻizlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga oʻxshaturlar». Ilmiy asosda sobit boʻlganki, ular mazkur aqiydani Yunon, Rum, Hind va Misr mushriklaridan olganlar. Asl yahudiy va asl nasroniy aqiydalarda bu gaplar yoʻqdir. «Alloh ularni laʼnatlasin. Qayon burilmoqdalar?!» Shuning uchun ham, Allohning oxirgi va mukammal diniga ergashgan musulmonlar ularni toʻgʻri yoʻlga solish uchun harakat qilishga amr etilgandirlar. Ahli kitoblarga nisbatan yuqoridagi hukmlarning chiqishiga sabab boʻlgan narsalarning beshinchisi keyingi oyatda bayon qilinadi: