QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят31

ٱتَّخَذُوٓا۟ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَـٰنَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَمَآ أُمِرُوٓا۟ إِلَّا لِيَعْبُدُوٓا۟ إِلَـٰهًا وَٰحِدًا ۖ لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohni qo`yib o`zlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir.Улар Аллоҳни қўйиб ўзларининг ҳибр ва роҳибларини ҳамда Масийҳ ибн Марямни Робб тутдилар. Улар фақат битта илоҳдан бошқага ибодат қилмасликка амр қилинган эдилар. Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. У зот улар ширк келтираётган нарсадан покдир.Alauddin Mansour: Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni Parvardigor deb bildilar. Holbuki, faqat yagona Allohga bandalik qilishga maʼmur (buyurilgan) edilar. Hech iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir. U zot ularning shirklaridan pokdir.Улар Аллоҳни қўйиб ўзларининг донишмандларини ва роҳибларини ҳамда Масиҳ бинни Марямни Парвардигор деб билдилар. Ҳолбуки, фақат ягона Аллоҳга бандалик қилишга маъмур (буюрилган) эдилар. Ҳеч илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир. У зот уларнинг ширкларидан покдир.

191-sahifa · 10-juz · 19-hizb191-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱتَّخَذُوٓا۟tutdilarтутдиларأَحْبَارَهُمْoʻz hibrlariniўз ҳибрлариниوَرُهْبَـٰنَهُمْva rohiblariniва роҳиблариниأَرْبَابًۭاrobblar qilibробблар қилибمِّن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohdanАллоҳданوَٱلْمَسِيحَva Masihniва МасиҳниٱبْنَoʻgʻliўғлиمَرْيَمَMaryamМарямوَمَآva emasва эмасأُمِرُوٓا۟amr qilingan edilarамр қилинган эдиларإِلَّاfaqatфақатلِيَعْبُدُوٓا۟ibodat qilishlarigaибодат қилишларигаإِلَـٰهًۭاilohgaилоҳгаوَٰحِدًۭا ۖbittaбиттаلَّآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاboshqaбошқаهُوَ ۚUndanУнданسُبْحَـٰنَهُۥU pokdirУ покдирعَمَّاnarsadanнарсаданيُشْرِكُونَshirk keltirayotganширк келтираётган
TafsirТафсир

«Hibr» yahudiylarning diniy olimidir. «Rohib» esa, nasorolarning diniy odamidir. Ahli kitoblar haqidagi mazkur urush qilish yoki jizya talab etish hukmining nozil boʻlishiga beshinchi sabab:

«Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar».

Ahli kitoblar qanday qilib hibr va rohiblarni Robb–Parvardigor tutishlari mumkin, degan savol paydo boʻlishi turgan gap. Buni nasoro va yahudiylarning oʻzlari ham inkor qiladilar. Lekin gap tamoman boshqa yoqda. Bu nozik masalani tushunish uchun Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning sharhlariga quloq tutsak, yaxshi boʻladi.

Imom Ahmad va imom Termiziylar Adiy ibn Hotim roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar: U kishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning daʼvatlari yetganda, Shomga qochib ketgan ekan. Johiliyat davrida Adiy ibn Hotim roziyallohu anhu nasroniylik diniga kirgan ekan. Uning singlisi va qavmidan bir jamoa odamlar musulmonlar qoʻliga asirga tushibdi. Soʻngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning singlisini ozod qilib, hadyalar beribdilar. Singil borib akasini Islomga targʻib qilibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishga undabdi. Mashhur Hotim Toiyning oʻgʻli boʻlmish Adiy oʻz qabilasining boshligʻi ham edi. U Madiynaga borganida, odamlar uning kelgani haqida gap tarqatishdi. U boʻyniga kumushdan yasalgan xoch taqqan holida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kiradi. Shunda u zot: «Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar», oyatini tilovat qilayotgan edilar.

Adiy roziyallohu anhu aytadilarki: «Men:

«Ularga hech ibodat qilishgani yoʻq»,–dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam:

«Lekin ularga halolni harom qildilar va haromni halol qildilar, ular esa ergashdilar. Ana oʻsha ularga ibodat qilishdir»,– dedilar».

Bundan koʻrinib turibdiki, biror shaxs yoki narsani xudo deb eʼtiqod qilish bilangina shirk boʻlmas ekan, balki hayotda shariatning koʻrsatmalarini qoʻyib, boshqaning koʻrsatmalarini olish bilan, jumladan halol-haromni ajratishda Allohning aytganidan boshqaning aytganiga yurish bilan ham shirk keltirish sodir boʻlar ekan.

Yahudiylar va nasorolar oʻz hibrlari va rohiblarini xudo deb eʼtiqod qilishgani yoʻq, qilmaydilar ham. Lekin ularning aytganlariga boʻyinsunganlari, yaʼni, halol deganlarini halol, harom deganlarini harom deb bilganlari uchun shirk keltirgan, ularni Robb qilib olgan hisoblanmoqdalar. Kim Allohdan boshqaning hukmini ixtiyor etsa, shirk keltirgan boʻladi. Boshqani Robb qilib olgan hisoblanadi. Bunday odamlar yer yuzida Allohning hokimiyatiga qarshi chiqqan odamlar sanaladilar. Holbuki,

«Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar».

Ammo, ahli kitoblar bu amri ilohiyga amal qilmadilar. Yahudiylar va nasorolar oʻz hibrlari va rohiblarini Robb tutdilar. Bu ayni Allohga shirk keltirishddir. Chunki,

«Undan oʻzga ibodatga sazovar zot yoʻq. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir».

Ularning bu qilmishlari uchun, yuqorida keltirilgan urush yoki jizya hukmi ayni adolatdir.

Ularga nisbatan bunday hukm kelishining oltinchi sababi quyidagi oyati karimada bayon qilinadi: