عَفَا ٱللَّهُ عَنكَ لِمَ أَذِنتَ لَهُمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَتَعْلَمَ ٱلْكَـٰذِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh seni afv qildi. Nima uchun ularga, to senga rostgo`y bo`lganlar ravshan bo`lmay turib va yolg`onchilarni bilmasingdan turib, izn berding?Аллоҳ сени афв қилди. Нима учун уларга, то сенга ростгўй бўлганлар равшан бўлмай туриб ва ёлғончиларни билмасингдан туриб, изн бердинг?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh sizni afv qildi. (Lekin) nima uchun to sizga rostgoʻy kishilar aniq boʻlib, yolgʻonchilarni ham aniq bilguningizcha, (sabr qilib turmay, ularning yolgʻon qasamlariga ishonib) ularga (jihodga chiqmaslik uchun) izn berdingiz?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ сизни афв қилди. (Лекин) нима учун то сизга ростгўй кишилар аниқ бўлиб, ёлғончиларни ҳам аниқ билгунингизча, (сабр қилиб турмай, уларнинг ёлғон қасамларига ишониб) уларга (жиҳодга чиқмаслик учун) изн бердингиз?!
Alloh taolo qilingan notoʻgʻri tasarrufni tilga olishdan oldin:
«Alloh seni afv qildi», deb Oʻz Paygʻambariga afvni eʼlon etib qoʻyib, soʻngra sababini aytmoqda. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam munofiqlardan baʼzilariga urushga bormaslikka izn berib qoʻygan edilar. Aslida, shoshilib ruxsat bergandan koʻra, kutib turganlarida yaxshi boʻlar edi. Chunki, izn olganlarning kimligi bilinmay qoldi. Izn boʻlmaganda ham ular, baribir, safarbarlikdan qolar edilar. Shunda ularning munofiqligi hammaga oshkor boʻlardi. Shuning uchun, Alloh Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:
«Nima uchun ularga to senga rostgoʻy boʻlganlar ravshan boʻlmay turib va yolgʻonchilarni bilmasingdan turib, izn berding?»,–demoqda.
Bu, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga Alloh tomonidan itobdir.