QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят42

لَوْ كَانَ عَرَضًا قَرِيبًا وَسَفَرًا قَاصِدًا لَّٱتَّبَعُوكَ وَلَـٰكِنۢ بَعُدَتْ عَلَيْهِمُ ٱلشُّقَّةُ ۚ وَسَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَوِ ٱسْتَطَعْنَا لَخَرَجْنَا مَعَكُمْ يُهْلِكُونَ أَنفُسَهُمْ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar oson manfaat va yaqin safar bo`lganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq ko`rindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir bo`lganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar. Ular o`zlarini halok qilurlar. Holbuki, Alloh ular yolg`onchi ekanlarini albatta biladir.Агар осон манфаат ва яқин сафар бўлганида, албатта, сенга эргашар эдилар. Лекин уларга масофа узоқ кўринди. Улар тезда Аллоҳ номи билан қасам ичиб: «Агар қодир бўлганимизда, албатта, сиз билан чиқар эдик», – дерлар. Улар ўзларини ҳалок қилурлар. Ҳолбуки, Аллоҳ улар ёлғончи эканларини албатта биладир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar (siz daʼvat qilayotgan jihod) oson foyda va yaqin safar boʻlganida, ular (yaʼni, munofiqlar) albatta sizga ergashgan boʻlur edilar. Lekin ularga masofa uzoq boʻlib koʻrindi (shuning uchun chiqmadilar). Hali ular (yolgʻon qasam bilan) oʻzlarini halok qilib: «Agar qodir boʻlganimizda sizlar bilan birga chiqqan boʻlur edik», deb qasam ham ichadilar. Alloh esa ularning hech shak-shubhasiz, yolgʻonchi ekanliklarini bilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар (сиз даъват қилаётган жиҳод) осон фойда ва яқин сафар бўлганида, улар (яъни, мунофиқлар) албатта сизга эргашган бўлур эдилар. Лекин уларга масофа узоқ бўлиб кўринди (шунинг учун чиқмадилар). Ҳали улар (ёлғон қасам билан) ўзларини ҳалок қилиб: «Агар қодир бўлганимизда сизлар билан бирга чиққан бўлур эдик», деб қасам ҳам ичадилар. Аллоҳ эса уларнинг ҳеч шак-шубҳасиз, ёлғончи эканликларини билур.

194-sahifa · 10-juz · 20-hizb194-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَوْagarагарكَانَboʻlganidaбўлганидаعَرَضًۭاmanfaatманфаатقَرِيبًۭاosonосонوَسَفَرًۭاva safarва сафарقَاصِدًۭاyaqinяқинلَّٱتَّبَعُوكَalbatta, senga ergashar edilarалбатта, сенга эргашар эдиларوَلَـٰكِنۢlekinлекинبَعُدَتْuzoq koʻrindiузоқ кўриндиعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلشُّقَّةُ ۚmasofaмасофаوَسَيَحْلِفُونَva tezda qasam icharlarва тезда қасам ичарларبِٱللَّهِAlloh nomi bilanАллоҳ номи биланلَوِagarагарٱسْتَطَعْنَاqodir boʻlganimizdaқодир бўлганимиздаلَخَرَجْنَاalbatta, chiqar edikалбатта, чиқар эдикمَعَكُمْsiz bilanсиз биланيُهْلِكُونَhalok qiladilarҳалок қиладиларأَنفُسَهُمْoʻzlariniўзлариниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbiladiбиладиإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَكَـٰذِبُونَyolgʻonchidirlarёлғончидирлар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadan boshlab musulmonlar safiga zaiflik kirishiga sabab boʻlganlar, xususan, munofiqlar haqida soʻz ketadi. Ular shaxsiy manfaatlarini koʻzlab, musulmonlar orasiga suqilib olgan kimsalar edi. Oʻzlarini sirtdan muxlis musulmon qilib koʻrsatishga harakat qilishardi. Lekin Tabuk gʻazotiga umumiy safarbarlik eʼlon qilinishi bilan ularning sirlari fosh boʻlib qoldi. Dinu diyonat yoʻlida haqiqiy mashaqqat chekish soati kelganda, ularning haqiqiy basharalari ochildi. Tabuk uzoq joy, ob-havo issiq va dushman kuchli boʻlganidan qoʻrqib, safarbarlikdan qochdilar va odamlarni ham bormaslikka daʼvat qildilar. Bu bilan ular safarbarlikdan qochishda oʻzlari yolgʻizlanib qolmasliklarini ham oʻylar edilar. Qanchalik koʻp odam qolsa, ularning aybi shunchalik berkilardi.

«Agar oson manfaat va yaqin safar boʻlganida, albatta, senga ergashar edilar».

Madiynaga yaqin joylarda boʻlib oʻtgan baʼzi gʻazotlarda shunday qilganlar ham. Ammo, Tabuk masalasida ergashmadilar. Chunki:

«Lekin ularga masofa uzoq koʻrindi».

Bu gʻazotda oson manfaatga erisha olmasliklariga koʻzlari yetdi. Shuning uchun, senga ergashmadilar. Ular Allohning amriga xilofan, safarbarlikdan qoldilar. Qolganda ham, dangasalik va qoʻrqoqlik qilib, mashaqqatdan qochdilar. Ammo, hamma qoʻrqoq va zaiflar kabi yolgʻon gapirib, oʻzlarini oqlamoqchi boʻldilar:

«Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir boʻlganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar».

Zaif-qoʻrqoqlarning holi shu: yolgʻon gapirib, yolgʻondan qasam ichib, kishilarni aldab maqsadlariga yetmoqchi boʻladilar. Lekin bu ishlari bilan:

«Ular oʻzlarini halok qilurlar».

Chunki, yolgʻon gap va yolgʻon qasam doimo odamni halokatga olib kelgan. Yolgʻonchi va qasamxoʻrga mushkul ahvoldan qutulib ketishning birdan-bir yoʻli yolgʻon gap va yolgʻon qasam boʻlib koʻrinadi. Lekin bu ishlarni Alloh koʻrib, eshitib turibdi-ku. Yolgʻon, odamni bu dunyoda halok qiladi, qiyomat kunida sharmanda boʻlishi esa, turgan gap.

«Holbuki, Alloh ular yolgʻonchi ekanlarini, albatta, biladir».

Shunday ekan, qochib qayerga borar edilar?

Keyingi oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga lutf bilan ulardan baʼzilariga izn berib qoʻyganlari yaxshi boʻlmagani bildiriladi: