QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят41

ٱنفِرُوا۟ خِفَافًا وَثِقَالًا وَجَـٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yengil bo`lsa ham, og`ir bo`lsa ham, qo`zg`alingiz va Allohning yo`lida mollaringiz va jonlaringiz ila jiddu jahd qilingiz. Agar bilsangiz, shu ishingiz o`zingiz uchun yaxshidir.Енгил бўлса ҳам, оғир бўлса ҳам, қўзғалингиз ва Аллоҳнинг йўлида молларингиз ва жонларингиз ила жидду жаҳд қилингиз. Агар билсангиз, шу ишингиз ўзингиз учун яхшидир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), xoh yengil, xoh ogʻir holingizda (yaʼni, istasangiz, istamasangiz jihodga) chiqingiz va molu jonlaringiz bilan Alloh yoʻlida kurashingiz! Agar bilsangizlar, mana shu oʻzlaringiz uchun yaxshiroqdir.(Эй мўминлар), хоҳ енгил, хоҳ оғир ҳолингизда (яъни, истасангиз, истамасангиз жиҳодга) чиқингиз ва молу жонларингиз билан Аллоҳ йўлида курашингиз! Агар билсангизлар, мана шу ўзларингиз учун яхшироқдир.

194-sahifa · 10-juz · 20-hizb194-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱنفِرُوا۟qoʻzgʻolingizқўзғолингизخِفَافًۭاyengil boʻlsa hamенгил бўлса ҳамوَثِقَالًۭاva ogʻir boʻlsa hamва оғир бўлса ҳамوَجَـٰهِدُوا۟va jihod qilingizва жиҳод қилингизبِأَمْوَٰلِكُمْmollaringiz ilaмолларингиз илаوَأَنفُسِكُمْva jonlaringiz ilaва жонларингиз илаفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингذَٰلِكُمْshu ishingizшу ишингизخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّكُمْoʻzingiz uchunўзингиз учунإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизتَعْلَمُونَbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, umumiy safarbarlik eʼlon qilingandan keyin hamma qoʻzgʻalmogʻi lozimdir. Musulmon inson Allohning yoʻlida molini ham, jonini ham qurbon qilishga doim tayyor turmogʻi zarurdir. Ana shundagina oʻzlariga yaxshi qilgan boʻladilar.

Muxlis musulmonlar bu oliy maʼnoni toʻliq tushungan paytlarida «yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham», qoʻzgʻalganlar. Allohning yoʻlida mollarini va jonlarini fido qilganlar. Hamda vaʼda qilingan yaxshilikka erishganlar. Butun dunyoga yetakchi xalq boʻlganlar.

Mashhur tafsirchilarimizdan imom Ibn Jarir Tobariy tafsirlarida Hayyan ibn Zayd al-Sharjiydan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Safvon ibn Amr Hims voliysi boʻlgan vaqtida umumiy safarbarlikka qoʻzgʻaldik. Ufsusdan joʻnab, al-Jarojima tomon ketmoqda edik. Koʻzim qarib, bukilib qolgan cholga tushdi. Qoshlari oʻsib koʻzini toʻsib qolibdi. Damashqlik ekan, muhojirlar ichida ulov minib bormoqda edi. Oldiga borib:

«Ey amaki, Alloh sizni uzrli degan-ku?!»–dedim. U qoshlarini koʻtarib menga qaradi-da:

«Ey, birodarimning bolasi, Alloh bizdan yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham qoʻzgʻalishni talab qilgan. Alloh kimni sevsa, sinab koʻradi. Soʻngra, qaytarib yana qoʻyib qoʻyadi. Alloh Oʻz bandalari ichidan shukr va zikr qilganlarni sinaydi. Allohdan oʻzgaga ibodat etmaganlarni sinaydi»,–dedi.

Shunday targʻiblarga ham qaramasdan, Tabuk urushiga bormay qolgan munofiqlar haqida keyingi oyatda soʻz ketadi: