QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят45

إِنَّمَا يَسْتَـْٔذِنُكَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَٱرْتَابَتْ قُلُوبُهُمْ فَهُمْ فِى رَيْبِهِمْ يَتَرَدَّدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga to`lganlargina sendan izn so`rarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar.Албатта фақат Аллоҳга ва охират кунига ишонмайдиганлар ва қалблари шубҳага тўлганларгина сендан изн сўрарлар. Бас, улар шубҳаларида иккиланаверадилар.Alauddin Mansour: Balki faqat Allohga va Oxirat kuniga ishonmaydigan va koʻngillarida shak-shubha boʻlgan kimsalargina sizdan (qolish uchun) izn soʻraydilar. Chunki ular oʻz shubhalarida ikkilanib yuradilar.Балки фақат Аллоҳга ва Охират кунига ишонмайдиган ва кўнгилларида шак-шубҳа бўлган кимсаларгина сиздан (қолиш учун) изн сўрайдилар. Чунки улар ўз шубҳаларида иккиланиб юрадилар.

194-sahifa · 10-juz · 20-hizb194-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатيَسْتَـْٔذِنُكَsendan izn soʻrarlarсендан изн сўрарларٱلَّذِينَularуларلَاemasэмасيُؤْمِنُونَishonadilarишонадиларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kunigaва кунигаٱلْـَٔاخِرِoxiratохиратوَٱرْتَابَتْva shubhaga toʻlganва шубҳага тўлганقُلُوبُهُمْqalblariқалблариفَهُمْbas, ularбас, уларفِى-da-даرَيْبِهِمْshubhalaridaшубҳаларидаيَتَرَدَّدُونَikkilanaveradilarиккиланаверадилар
TafsirТафсир

Jihoddan qolishga izn soʻraydiganlar maʼlum. Ular Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shak-shubhaga toʻlgan kimsalardir. Allohga iymoni yoʻq boʻlganidan, Uning amridan boʻyin tovlab, jihoddan qolishning yoʻlini axtaradilar. Oxirat kunidan umidsiz boʻlganidan, jihod tufayli keladigan shahidlik yoki ulkan savob ularni qiziqtirmaydi. Ularning qalblari shak-shubhaga toʻlgani uchun jihod haqida ham turli gumonlarga boradilar. Qanday qilib boʻlsa ham, jihoddan chetlab qolish payida boʻladilar.

«Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar».

Ikkilanib-ikkilanib, bu dunyoyu u dunyoning azobiga botib qolganlarini sezmay qoladilar.