۞ وَلَوْ أَرَادُوا۟ ٱلْخُرُوجَ لَأَعَدُّوا۟ لَهُۥ عُدَّةً وَلَـٰكِن كَرِهَ ٱللَّهُ ٱنۢبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ وَقِيلَ ٱقْعُدُوا۟ مَعَ ٱلْقَـٰعِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar chiqishni xohlaganlarida, unga tayyorgarlik ko`rar edilar. Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi. Ularga: «O`tiruvchilar bilan o`tiringlar», dedi.Агар чиқишни хоҳлаганларида, унга тайёргарлик кўрар эдилар. Лекин Аллоҳ уларнинг ҳаракатланишларини ёқтирмай тутиб қолди. Уларга: «Ўтирувчилар билан ўтиринглар», деди.Alauddin Mansour: Agar ular (jihodga) chiqishni istaganlarida uning uchun tayyorgarlik koʻrib qoʻygan boʻlur edilar. Lekin Alloh chiqishlarini istamay, ularni dangasa qilib qoʻydi va ularga (oʻzlaridan boʻlgan kimsalar tarafidan): «Qolganlar (yaʼni, ayollar, yosh bolalar va ojiz-notavon kishilar) bilan birga oʻtiraveringlar», deyildi.Агар улар (жиҳодга) чиқишни истаганларида унинг учун тайёргарлик кўриб қўйган бўлур эдилар. Лекин Аллоҳ чиқишларини истамай, уларни дангаса қилиб қўйди ва уларга (ўзларидан бўлган кимсалар тарафидан): «Қолганлар (яъни, аёллар, ёш болалар ва ожиз-нотавон кишилар) билан бирга ўтираверинглар», дейилди.
Oʻsha iymonsiz munofiqlarda, aslida, jihodga chiqish niyati boʻlsa, avvaldan tayyorgarlik koʻrib qoʻygan boʻlar edilar. Safarbarlik eʼlon etilgandan soʻng turli bahonalar qilib, jihoddan qolishga izn soʻrab kelishlari, ularning jihodga chiqish niyatlari yoʻqligidandir. Ular chiqsalar, yetarli shart-sharoitlar mavjud edi. Oralarida Abdulloh ibn Ubay ibn Salul va al-Jadd ibn Qays kabi oʻz qavmining boshliqlari va boy-zodagonlari ham bor edi.
«Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi».
Chunki, Alloh taolo ularning yomon tabiatli munofiq ekanliklarini yaxshi biladi.
Shu sababdan:
«Ularga, oʻtiruvchilar bilan oʻtiringlar, dedi».
Yaʼni, munofiqlarga ojizligi, qariligi, ayolligi va bolaligi sababli jihodga bormay qoladiganlar bilan uyda qolaveringlar, deyildi.