QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят48

لَقَدِ ٱبْتَغَوُا۟ ٱلْفِتْنَةَ مِن قَبْلُ وَقَلَّبُوا۟ لَكَ ٱلْأُمُورَ حَتَّىٰ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَظَهَرَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَهُمْ كَـٰرِهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, bundan avval ham, toki ular yoqtirmasalar-da, haq kelib, Allohning ishi ustun bo`lgunicha, fitna qo`zib, senga ishlarni ag`dar-to`ntar qilishar edi.Батаҳқиқ, бундан аввал ҳам, токи улар ёқтирмасалар-да, ҳақ келиб, Аллоҳнинг иши устун бўлгунича, фитна қўзиб, сенга ишларни ағдар-тўнтар қилишар эди.Alauddin Mansour: Ular ilgari — hanuz haqiqat roʻyobga chiqib, Allohning dini gʻolib boʻlmay turib ham (buni) yomon koʻrgan hollarida fitna qilmoqchi boʻlgan va sizning ishlaringizni ortga ketkizmoqchi boʻlgan edilar-ku.Улар илгари — ҳануз ҳақиқат рўёбга чиқиб, Аллоҳнинг дини ғолиб бўлмай туриб ҳам (буни) ёмон кўрган ҳолларида фитна қилмоқчи бўлган ва сизнинг ишларингизни ортга кеткизмоқчи бўлган эдилар-ку.

195-sahifa · 10-juz · 20-hizb195-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدِbatahqiqбатаҳқиқٱبْتَغَوُا۟ular izlagan edilarулар излаган эдиларٱلْفِتْنَةَfitnaniфитнаниمِن-dan-данقَبْلُavvalаввалوَقَلَّبُوا۟va agʻdar-toʻntar qildilarва ағдар-тўнтар қилдиларلَكَsengaсенгаٱلْأُمُورَishlarniишларниحَتَّىٰtokiтокиجَآءَkeldiкелдиٱلْحَقُّhaqҳақوَظَهَرَva ustun boʻldiва устун бўлдиأَمْرُishiишиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларكَـٰرِهُونَyoqtirmas edilarёқтирмас эдилар
TafsirТафсир

Yaʼni, munofiqlar avvaldan fitnachi boʻlib kelganlar. Ular Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madiynai Munavvaraga kelgan paytlarida ustma-ust fitna qoʻzgʻashgan. Doimo ishlarni ostin- ustin qilib buzib yurishgan. Alloh imkon berib, musulmonlar dushmanlar ustidan gʻalaba qozonib, Islom kuch-quvvatga ega boʻlgandagina, munofiqlar qoʻrqqanlaridan bir oz boʻshashib qolishgan edi.

Navbatdagi oyatlarda munofiqlarning qilmishlaridan namunalar keltiriladi: