QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят49

وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ ٱئْذَن لِّى وَلَا تَفْتِنِّىٓ ۚ أَلَا فِى ٱلْفِتْنَةِ سَقَطُوا۟ ۗ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni o`rab olguvchidir.Улардан: «Менга изн бер, мени фитнага солма», дейдигани ҳам бор. Ажабо, улар фитнага тушмадиларми? Албатта, жаҳаннам кофирларни ўраб олгувчидир.Alauddin Mansour: Ularning orasida: «Menga (jangdan qolish uchun) izn bergin, meni fitnaga solmagin», deydigan kimsalar ham bordir. Ogoh boʻlingizkim, ular (jangdan qolishlari sababli) fitnaning oʻziga tushdilar. Shak-shubha yoʻqki, jahannam kofirlarii oʻrab olguvchidir.Уларнинг орасида: «Менга (жангдан қолиш учун) изн бергин, мени фитнага солмагин», дейдиган кимсалар ҳам бордир. Огоҳ бўлингизким, улар (жангдан қолишлари сабабли) фитнанинг ўзига тушдилар. Шак-шубҳа йўқки, жаҳаннам кофирларии ўраб олгувчидир.

195-sahifa · 10-juz · 20-hizb195-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنshunday kishikimшундай кишикимيَقُولُdeydiдейдиٱئْذَنizn berизн берلِّىmengaменгаوَلَاva emasва эмасتَفْتِنِّىٓ ۚmeni fitnaga solmaмени фитнага солмаأَلَاajaboажабоفِىichigaичигаٱلْفِتْنَةِfitnagaфитнагаسَقَطُوا۟ ۗtushdilarтушдиларوَإِنَّva albattaва албаттаجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамلَمُحِيطَةٌۢalbatta, oʻrab olguvchidirалбатта, ўраб олгувчидирبِٱلْكَـٰفِرِينَkofirlarniкофирларни
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning sababi nuzuli haqida Muhammad ibn Ishoq quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni jangga hozirlik koʻra turib (Tabuk jangiga) Jadd ibn Qaysga:

«Ey Jadd, Bani Asfarga (yaʼni, rumliklarga) qarshi kurashga tayyormisan?»–dedilar. U boʻlsa:

«Ey, Allohning Rasuli, menga izn ber, meni fitnaga solma. Allohga qasamki, qavmim yaxshi biladi. Mendan koʻra xotinlarga oʻch odam yoʻq. Men Bani Asfar (sariqlar)ning xotinlarini koʻrsam, chiday olmayman, deb qoʻrqaman»,–dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuz oʻgirdilar va:

«Senga izn berdim»,–dedilar. Bu oyat Jadd ibn Qays haqida nozil boʻlgan».

Munofiqlar doimo kutilmagan bahonalarni topish bilan mashhurlar. Mana, ularning bitta vakili Jadd ibn Qays, yoʻq yerdan bahona topib Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga: «Menga izn ber. Meni fitnaga solma», deb turibdi. Xuddi jihodga borsa, fitnaga uchraydi-yu, bormay qolsa, saqlanib qoladigandek. Lekin, aslini olganda, jihodga bormay qolishining oʻzi fitnadir.

«Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi?»

Yaʼni, aytayotgan gaplarini qarang. Ajabo, ular jihodga bormay qolishlari bilan fitnaga tushmadilarmi? Ha, ularning haqiqiy fitnaga tushishlari jihodga bormay qolishlaridir. Chunki, xuddi shu sababdan jahannamga oʻtin boʻladilar.

«Albatta, jahannam kofirlarni oʻrab olguvchidir».

Ularning boshqa kirdikorlari ham koʻp.

Masalan: