إِن تُصِبْكَ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ ۖ وَإِن تُصِبْكَ مُصِيبَةٌ يَقُولُوا۟ قَدْ أَخَذْنَآ أَمْرَنَا مِن قَبْلُ وَيَتَوَلَّوا۟ وَّهُمْ فَرِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir. Agar senga musiybat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», – deb xursand bo`lib yuz o`girib ketarlar.Агар сенга яхшилик етса, уларни хафа қиладир. Агар сенга мусийбат етса: «Олдиндан ишнинг олдини олган эдик», – деб хурсанд бўлиб юз ўгириб кетарлар.Alauddin Mansour: Agar sizga biron yaxshilik (gʻalaba yoki oʻlja) yetsa, bu ularni xafa qilur. Agar sizga (Uhud jangida boʻlganidek) biron musibat yetsa: «Ishning oldini olibmiz», deyishib, xursand boʻlgan hollarida yuz oʻgirib keturlar.Агар сизга бирон яхшилик (ғалаба ёки ўлжа) етса, бу уларни хафа қилур. Агар сизга (Уҳуд жангида бўлганидек) бирон мусибат етса: «Ишнинг олдини олибмиз», дейишиб, хурсанд бўлган ҳолларида юз ўгириб кетурлар.
Munofiqlar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga va musulmonlarga yaxshilik yetishini koʻra olmaydilar. Ahli Islomga yetgan yaxshilik munofiqlar uchun musiybatdir.
«Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir».
Ammo, ahli Islomga musiybat yetsa, munofiqlar xursand boʻladilar.
«Agar senga musiybat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», – deb xursand boʻlib yuz oʻgirib ketarlar».
Yaxshiyam ularga qoʻshilmaganimiz, ularning gapiga kirmay, ishning oldini olgan ekanmiz, sogʻ-salomat qoldik, deyishadi. Chunki, ular hodisalarga sirtdan, besh kunlik dunyoning oʻtkinchi matohi yuzasidan baho beradilar. Har bir qiyinchilik va mashaqqatni yomonlik deb oʻylaydilar. Shunday holga sababchi ishlardan chetlab qolishni muvaffaqiyat deb biladilar. Muxlis musulmon kishi esa, har bir narsa Allohning irodasiga bogʻliq ekanligiga qattiq ishongan holda, ajru savobdan umidvor boʻlib, qoʻrqmasdan harakatini qilaveradi.
Kelasi oyatda xuddi shu maʼnodagi gapni munofiqlarga javob tariqasida aytish Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga topshirilmoqda: