QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят51

قُل لَّن يُصِيبَنَآ إِلَّا مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَىٰنَا ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Bizga Alloh yozib qo`ygan narsadan o`zgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo`minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt.Сен: «Бизга Аллоҳ ёзиб қўйган нарсадан ўзгаси зинҳор етмайди. У бизнинг хожамиздир. Мўминлар Аллоҳгагина таваккал қилсинлар», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Bizga faqat Alloh biz uchun yozib qoʻygan narsagina yetur. U bizning Xojamizdir. Bas, iymonli kishilar faqat Allohgagina suyansinlar!»Айтинг: «Бизга фақат Аллоҳ биз учун ёзиб қўйган нарсагина етур. У бизнинг Хожамиздир. Бас, иймонли кишилар фақат Аллоҳгагина суянсинлар!»

195-sahifa · 10-juz · 20-hizb195-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلaytайтلَّنzinhor emasзинҳор эмасيُصِيبَنَآbizga yetadiбизга етадиإِلَّاfaqatфақатمَاnarsaнарсаكَتَبَyozib qoʻyganёзиб қўйганٱللَّهُAllohАллоҳلَنَاbizgaбизгаهُوَUУمَوْلَىٰنَا ۚxojamizdirхожамиздирوَعَلَىva -gaginaва -гагинаٱللَّهِAllohАллоҳفَلْيَتَوَكَّلِbas, tavakkal qilsinlarбас, таваккал қилсинларٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Yaʼni, bizga nima yetsa ham, Allohdan yetadi. Alloh taolo bizga nimani bitgan boʻlsa, oʻshani koʻramiz. Ammo, oqibatimiz yaxshi boʻlishi, Alloh bizga gʻalabani yozib qoʻygani oydek ravshan. Oʻsha gʻalabaga erishish yoʻlida duch kelinadigan qiyinchilik va mashaqqatlar bizni yutuqlarga eltuvchi vositalardir. Shu tarzda Alloh bizni sinab koʻradi.

«U bizning xojamizdir».

U bizga doimo yordam beradi. U bizni doimo Oʻzi saqlaydi.

«Moʻminlar Allohgagina tavakkal qilsinlar».

Ha, ular faqatgina Allohning Oʻzigagina suyansinlar. Allohning qazoyu qadariga ishonish va Unga tavakkal qilish tayyorgarlik va harakatga zid emas. Balki, Allohning amrini bajo keltirishdir. Allohning amrini bajarmagan va harakat qilmaganlar hech qachon tavakkal qilmagan (suyanmagan) boʻladilar.