QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят52

قُلْ هَلْ تَرَبَّصُونَ بِنَآ إِلَّآ إِحْدَى ٱلْحُسْنَيَيْنِ ۖ وَنَحْنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمْ أَن يُصِيبَكُمُ ٱللَّهُ بِعَذَابٍ مِّنْ عِندِهِۦٓ أَوْ بِأَيْدِينَا ۖ فَتَرَبَّصُوٓا۟ إِنَّا مَعَكُم مُّتَرَبِّصُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni O`z huzurida bo`ladigan yoki bizning qo`limizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», – deb ayt.Сен: «Сиз биз учун фақат икки яхшиликдан бирини кутмоқдасиз, холос. Биз эса, Аллоҳ сизни Ўз ҳузурида бўладиган ёки бизнинг қўлимиздан етадиган азобга дучор қилишини кутмоқдамиз. Бас, кутаверинглар, биз ҳам сизлар билан бирга кутувчилармиз», – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Sizlar biz uchun faqat ikki yaxshilik (yaʼni, yo shahid boʻlishimiz yoki gʻalaba qilishimiz)dan birini kutmoqdasiz. Biz esa sizlar uchun Alloh sizlarga Oʻz dargohidan yoki bizning qoʻlimiz bilan bir azob yetkazishini kutmoqdamiz. Bas, sizlar ham kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutguvchimiz».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Сизлар биз учун фақат икки яхшилик (яъни, ё шаҳид бўлишимиз ёки ғалаба қилишимиз)дан бирини кутмоқдасиз. Биз эса сизлар учун Аллоҳ сизларга Ўз даргоҳидан ёки бизнинг қўлимиз билан бир азоб етказишини кутмоқдамиз. Бас, сизлар ҳам кутаверинглар, биз ҳам сизлар билан бирга кутгувчимиз».

195-sahifa · 10-juz · 20-hizb195-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтهَلْ-mi-миتَرَبَّصُونَkutmoqdasizкутмоқдасизبِنَآbiz uchunбиз учунإِلَّآfaqatфақатإِحْدَىbiriniбириниٱلْحُسْنَيَيْنِ ۖikki yaxshilikdanикки яхшиликданوَنَحْنُva biz esaва биз эсаنَتَرَبَّصُkutmoqdamizкутмоқдамизبِكُمْsizlar uchunсизлар учунأَن...ini...иниيُصِيبَكُمُsizga yetkazishiniсизга етказишиниٱللَّهُAllohАллоҳبِعَذَابٍۢazob ilaазоб илаمِّنْ-dan-данعِندِهِۦٓOʻz huzuriЎз ҳузуриأَوْyokiёкиبِأَيْدِينَا ۖbizning qoʻlimizdanбизнинг қўлимизданفَتَرَبَّصُوٓا۟bas, kutaveringlarбас, кутаверингларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизمَعَكُمsizlar bilan birgaсизлар билан биргаمُّتَرَبِّصُونَkutuvchilarmizкутувчилармиз
TafsirТафсир

Jihodga bormay qolgan munofiqlar jihodga ketgan musulmonlar uchun ikki narsadan birini kutadilar, xolos.

«Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos».

Oʻsha ikki narsa ham musulmon uchun yaxshilikdir. Ulardan biri– musulmon insonning oliy maqsadi–Allohning yoʻlida jihod qilib shahid boʻlishdir. Ikkinchisi esa–urushda gʻolib kelishdir.

«Biz esa, Alloh sizni Oʻz huzurida boʻladigan yoki bizning qoʻlimizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz».

Ammo, musulmon kishi jihoddan qochib qolgan munofiq uchun ikki yomon holatni kutadi. Birinchisi–munofiqligi tufayli, jihoddan qochgani uchun Alloh tomonidan beriladigan azob. Ikkinchisi–Allohning musulmonlarga amr qilib, munofiq va kofirlarni oʻldirishidir.

Demak, ish shunday ekan, kutish kerak. Oqibat maʼlum.

«Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz».

Munofiqlar six ham, kabob ham kuymaydigan qilib, tarozining ogʻir bosgan pallasiga oʻtib oladigan ogʻmachilardir. Tabuk gʻazotiga tayyorgarlik koʻrish jarayonida, unga joʻnashdan oldin ham ulardan baʼzilari bu ishlarni qilmoqchi boʻldilar. Jihodga bormaslik uchun turli bahonalarni topish bilan birga, molu dunyo berishni vaʼda qildilar. Yaʼni, jonimiz bilan jihodga uzrli boʻlib qoldik, ammo molimiz bilan jihodga tayyormiz, demoqchi boʻldilar. Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ularning bu takliflari raddiga quyidagilarni aytishni buyurdi: