قُلْ أَنفِقُوا۟ طَوْعًا أَوْ كَرْهًا لَّن يُتَقَبَّلَ مِنكُمْ ۖ إِنَّكُمْ كُنتُمْ قَوْمًا فَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xohlab yoki xohlamay nafaqa qilaveringlar. Sizdan zinhor qabul qilinmas. Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm bo`ldingiz.Хоҳлаб ёки хоҳламай нафақа қилаверинглар. Сиздан зинҳор қабул қилинмас. Сизлар, шубҳасиз, фосиқ қавм бўлдингиз.Alauddin Mansour: Ayting: «(Ey munofiqlar), xoh oʻz xohishingiz bilan, xoh majburan infoq-ehson qilinglar, sizlardan hargiz qabul qilinmas. Chunki sizlar itoatsiz qavm boʻldingiz».Айтинг: «(Эй мунофиқлар), хоҳ ўз хоҳишингиз билан, хоҳ мажбуран инфоқ-эҳсон қилинглар, сизлардан ҳаргиз қабул қилинмас. Чунки сизлар итоатсиз қавм бўлдингиз».
Yaʼni, ey munofiqlar, xoh majburan, xoh ixtiyoriy ravishda, savob uchun deb, sarf-harajat qilaveringlar. Ammo, zinhor sizdan bu xayru ehson qabul qilinmaydi. Chunki:
«Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm boʻldingiz».
Din chizgan chegaradan chiqqan qavm boʻldingiz.
Keyingi oyatda ularning sadaqalari nima uchun qabul boʻlmasligi bayon qilinadi: