كَيْفَ وَإِن يَظْهَرُوا۟ عَلَيْكُمْ لَا يَرْقُبُوا۟ فِيكُمْ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً ۚ يُرْضُونَكُم بِأَفْوَٰهِهِمْ وَتَأْبَىٰ قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَـٰسِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qanday qilib (ularga ahd bo`lsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni og`izlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari ko`nmas. Ularning ko`plari fosiqlardir.Қандай қилиб (уларга аҳд бўлсинки), улар агар сиздан устун келсалар, на аҳдга ва на бурчга риоя этмаслар. Сизни оғизлари билан рози қиладилар-у, қалблари кўнмас. Уларнинг кўплари фосиқлардир.Alauddin Mansour: (Ular uchun) qanday (ahd-paymon) boʻlsin? Holbuki, ular agar ustingizda gʻolib boʻlsalar, sizlarning xususingizda na ahdga va na burchga boqadilar. Ogʻizlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, koʻngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning koʻplari itoatsizdir.(Улар учун) қандай (аҳд-паймон) бўлсин? Ҳолбуки, улар агар устингизда ғолиб бўлсалар, сизларнинг хусусингизда на аҳдга ва на бурчга боқадилар. Оғизларида сизларни рози қилишади-ю, кўнгиллари (аҳдга вафо қилишга) ибо-ор қилади. Уларнинг кўплари итоатсиздир.
Mushriklarning oʻzlari ahdga vafo qilmaganlaridan keyin ular uchun Alloh va Uning Rasuli huzurida qanday ham ahd boʻlsin? Ular ogʻizlari bilan yaxshi gaplarni gapirib, siz bilan ahdnoma tuzadilar-u, ammo qalblari ahd tuzishni hech istamaydi va ahdga vafo qilishni ham xohlamaydi. Ular ahdni tuzib qoʻyaveradilar, ammo fursatni topganlarida:
«...sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar».
Qoʻllaridan kelgan barcha yomonliklarni qiladilar. Bunga tarix shohiddir. Ularning musulmonlarga qilgan shafqatsizliklari hammaga maʼlum va mashhurdir.
«Ularning koʻplari fosiqlardir».
Yaʼni, dinda Alloh chizgan chegaradan chiquvchilardir. Bu holat barcha nomaʼqul ishlarning asosiy sababidir.