كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعِندَ رَسُولِهِۦٓ إِلَّا ٱلَّذِينَ عَـٰهَدتُّمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۖ فَمَا ٱسْتَقَـٰمُوا۟ لَكُمْ فَٱسْتَقِيمُوا۟ لَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd bo`lsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.Қандай қилиб мушрикларга Аллоҳнинг ҳузурида ва Унинг Расулининг ҳузурида аҳд бўлсин?! Магар сиз билан Масжидул Ҳаром олдида аҳдлашганлар, сизга нисбатан мудом мустақийм турсалар, сиз ҳам мустақийм туринг. Албатта, Аллоҳ тақводорларни севадир.Alauddin Mansour: Alloh nazdida va Uning paygʻambari nazdida mushriklar uchun qanday ahd-paymon boʻlsin?! (Yaʼni, hech qanday ahd boʻlishi mumkin emas, chunki ular Allohga ham, Uning paygʻambariga ham iymon keltirmaydilar, demak, bergan vaʼdalarini buzaveradilar), magar sizlar Masjidul-Harom oldida (yaʼni, Makkada) ahdlashgan kimsalar borki, ular modomiki ahdlarida barqaror turar ekanlar, sizlar ham ahdlaringizda turingiz! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar.Аллоҳ наздида ва Унинг пайғамбари наздида мушриклар учун қандай аҳд-паймон бўлсин?! (Яъни, ҳеч қандай аҳд бўлиши мумкин эмас, чунки улар Аллоҳга ҳам, Унинг пайғамбарига ҳам иймон келтирмайдилар, демак, берган ваъдаларини бузаверадилар), магар сизлар Масжидул-Ҳаром олдида (яъни, Маккада) аҳдлашган кимсалар борки, улар модомики аҳдларида барқарор турар эканлар, сизлар ҳам аҳдларингизда турингиз! Албатта, Аллоҳ тақво қилгувчи зотларни севар.
Yaʼni, mushriklar uchun Allohning huzurida ham, Uning Rasulining huzurida ham hech bir ahdnoma boʻlishi mumkin emas. Allohga ishonmaganlarga, Unga ibodat etmaganlarga va Paygʻambarning Paygʻambarligini eʼtirof qilmaganlarga qanday qilib ahdu paymon berib boʻladi?
«Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd boʻlsin?!»
Ahdu paymon ularning faqat bir toifasiga, yaʼni, musulmonlar bilan Masjidul Harom oldida, yaʼni, Hudaybiyada ahdlashgan mushriklargagina boʻlishi mumkin.
«Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing».
Agar ular ahdlarida tursalar, musulmonlar ham ahdida turadi. Faqat Bani Xuzayma ibn Omir qavmigina ahdga vafo qilgani oldin aytib oʻtilgan edi. Modomiki, ular ahdlarida turgan ekan, musulmonlar ham vafoli boʻlishlari shart. Chunki, Islom–ahdga vafo dinidir. Chunki:
«Alloh, albatta, taqvodorlarni sevadir».
Ahdga vafo qilish esa, taqvodorlik sifatlaridan biri hisoblanadi.
Lekin ahdga vafo qilishning ham oʻziga yarasha chegarasi bor. Ahdga vafo deb nomlangan yaxshilik musulmonlarga nisbatan zarar keltiradigan masdarga aylanib ham qolmasligi zarur. Axir oʻzingiz oʻylab koʻring,