QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят6

وَإِنْ أَحَدٌ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ٱسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّىٰ يَسْمَعَ كَلَـٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُۥ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar mushriklardan birontasi panoh so`rasa, unga panoh ber, toki u, Allohning kalomini eshitsin. So`ngra, uni omonlik joyiga yetkazib qo`y. Bu, ularning bilmaydigan qavm bo`lganlari uchundir.Агар мушриклардан биронтаси паноҳ сўраса, унга паноҳ бер, токи у, Аллоҳнинг каломини эшитсин. Сўнгра, уни омонлик жойига етказиб қўй. Бу, уларнинг билмайдиган қавм бўлганлари учундир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar mushriklardan birontasi sizdan himoya soʻrasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. Soʻng uni oʻzi uchun tinch boʻlgan joyga yetkazib qoʻying. Bu (hukm) ularning bilmaydigan qavm boʻlganlari uchundir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар мушриклардан биронтаси сиздан ҳимоя сўраса, бас, уни ҳимоя қилинг, токи у Аллоҳнинг каломини эшитсин. Сўнг уни ўзи учун тинч бўлган жойга етказиб қўйинг. Бу (ҳукм) уларнинг билмайдиган қавм бўлганлари учундир.

187-sahifa · 10-juz · 19-hizb187-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنْva agarва агарأَحَدٌۭbirontasiбиронтасиمِّنَ-dan-данٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушрикларٱسْتَجَارَكَsendan panoh soʻrasaсендан паноҳ сўрасаفَأَجِرْهُbas, unga panoh berбас, унга паноҳ берحَتَّىٰtokiтокиيَسْمَعَeshitsinэшитсинكَلَـٰمَkalominiкаломиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингثُمَّsoʻngraсўнграأَبْلِغْهُuni yetkazib qoʻyуни етказиб қўйمَأْمَنَهُۥ ۚomonlik joyigaомонлик жойигаذَٰلِكَbuбуبِأَنَّهُمْchunki ularчунки уларقَوْمٌۭqavmdirlarқавмдирларلَّاemasэмасيَعْلَمُونَbiladilarбиладилар
TafsirТафсир

Yana takror aytish lozimki, mazkur qatʼiy hukmlardan maqsad mushriklarni qirib tashlash emas, balki toʻgʻri yoʻlga solish, koʻzlarini ochishdir. Yoʻqsa, shunday qattiq hukm boʻla turib, biron mushrik panoh soʻrab kelsa, unga yordam berishlikka buyurilmas edi.

«Agar mushriklardan birontasi panoh soʻrasa, unga panoh ber».

Demak, maqsad jamiki mushriklarni qirib tashlash emas, balki ularning koʻzini ochishdir:

«...toki u, Allohning kalomini eshitsin» va hidoyatga yursin. Ha, har bir mushrik oʻzining foydasini bilsin. Agar bilmasa, oʻziga zarar, lekin sen ahdingga vafo qilib:

«...uni omonlik joyiga yetkazib qoʻy».

Ularga bunday muomala qilinishining sababi:

«...ularning bilmaydigan qavm boʻlganlari uchundir».

Bilmaydigan odamga bildirish uchun harakat qilish kerak. Agar u dushman boʻlsa ham, ilohiy kalomni eshitishi uchun sharoit yaratib berish lozim.

Yuqoridagi oyatlarda mushriklar bilan tuzilgan ahdnomalar maʼlum muddat oʻtgach, bekor boʻlishi bayon qilingandan soʻng kelasi oyatlarda bunday qarorga kelishning sabablari aytiladi.