QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят5

فَإِذَا ٱنسَلَخَ ٱلْأَشْهُرُ ٱلْحُرُمُ فَٱقْتُلُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ وَخُذُوهُمْ وَٱحْصُرُوهُمْ وَٱقْعُدُوا۟ لَهُمْ كُلَّ مَرْصَدٍ ۚ فَإِن تَابُوا۟ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَخَلُّوا۟ سَبِيلَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, o`ldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, yo`llariga qo`yib yuboringlar. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Бас, ҳаром ойлар чиққанда, мушрикларни қаерда топсангиз, ўлдиринглар, тутинглар, қамал қилинглар ва уларни ҳар жойда пойланглар. Агар тавба қилсалар, намозни тўкис адо этсалар ва закотни берсалар, йўлларига қўйиб юборинглар. Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda oʻldiringiz, (asir) olingiz, qamal qilingiz va barcha yoʻllarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni toʻkis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yoʻllarini toʻsmangiz! (yaʼni, ular bilan urushishni bas qilingiz). Albatta, Alloh magʻfiratli, mehribondir.Бас, қачон уруш ҳаром қилинган ойлар чиқса, мушрикларни топган жойингизда ўлдирингиз, (асир) олингиз, қамал қилингиз ва барча йўлларда уларни кузатиб турингиз! Энди агар тавба қилсалар ва намозни тўкис адо қилишиб, закотни берсалар, уларнинг йўлларини тўсмангиз! (яъни, улар билан урушишни бас қилингиз). Албатта, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

187-sahifa · 10-juz · 19-hizb187-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиٱنسَلَخَchiqsaчиқсаٱلْأَشْهُرُoylarойларٱلْحُرُمُharomҳаромفَٱقْتُلُوا۟bas, oʻldiringlarбас, ўлдирингларٱلْمُشْرِكِينَmushriklarniмушрикларниحَيْثُqayerdaқаердаوَجَدتُّمُوهُمْtopsangizтопсангизوَخُذُوهُمْva ularni tutinglarва уларни тутингларوَٱحْصُرُوهُمْva ularni qamal qilinglarва уларни қамал қилингларوَٱقْعُدُوا۟va poylanglarва пойлангларلَهُمْularniуларниكُلَّharҳарمَرْصَدٍۢ ۚpoylash joyidaпойлаш жойидаفَإِنbas, agarбас, агарتَابُوا۟tavba qilsalarтавба қилсаларوَأَقَامُوا۟va toʻkis ado etsalarва тўкис адо этсаларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَءَاتَوُا۟va bersalarва берсаларٱلزَّكَوٰةَzakotniзакотниفَخَلُّوا۟bas, qoʻyib yuboringlarбас, қўйиб юборингларسَبِيلَهُمْ ۚyoʻllarigaйўлларигаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمٌۭrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Sirtdan qaralsa, oʻta shafqatsiz amrga oʻxshaydi. Koʻpchilik, jumladan, musulmonlar ham oyatning faqat birinchi yarmiga eʼtibor beradilar.

«Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, oʻldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar».

Alloh mushriklarni qayerda uchratsangiz, oʻldiringlar, asir olinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylab turinglar, degan, unday yoki bunday qilish lozim, deya koʻp gapiradilar. Lekin voqelikni hamda oyatning ikkinchi yarmini esdan chiqaradilar.

Maʼlumki, mushriklar bilan urushlar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hijratlaridan keyin boshlangan, jami oʻttizga yaqin urush va toʻqnashuv boʻlgan, ularda ikki yuzga yaqin mushrik oʻlgan. Tarix kitoblarida ularning nomlari ham aytib oʻtilgan. Yaʼni, hamma narsa aniq va hujjatli. Qolaversa, bu oyatdagi amr yigirma ikki yillik sabr-chidam natijasidir. Boshqacha aytganda, tushuntirish, turli yoʻllarni axtarish va ahdnoma tuzishlar naf bermaganidan soʻng, shuningdek, chor atrofni xavf-xatar oʻrab olgandan keyin Islom markazini ichki dushmandan tozalash niyatida qilingan buyruqdir. Bu amrdan maqsad qirib tashlash emas, balki haqiqatni yaxshilik bilan tushunmaganlarga bir oz taʼsir oʻtkazish ekanligi oyatning ikkinchi yarmidan ham bilinib turibdi.

«Agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, yoʻllariga qoʻyib yuboringlar».

Demak, bunda yigirma ikki yillik azob-uqubat, mushriklar yetkazgan jarohatlar uchun oʻch olish fikri yoʻq. Ular tavba etib, shirkdan qaytsalar, iymon keltirib, musulmonlik amallarini qilsalar, jumladan, namoz oʻqib, zakot bersalar, boʻldi, oʻz yoʻllarida ketaveradilar, ularga hech kim tegmaydi. Ular ham islomiy jamiyatning toʻla huquqli aʼzolari boʻladilar.

«Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir».

Alloh ularning avvalgi gunohlarini kechiradi, ularga rahim- shafqat koʻrsatadi.

Shunday jiddiy hukm chiqarish barobarida mushriklar uchun omonlikka erishishning boshqa yoʻli ham koʻrsatib qoʻyilgan: