QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят86

وَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَجَـٰهِدُوا۟ مَعَ رَسُولِهِ ٱسْتَـْٔذَنَكَ أُو۟لُوا۟ ٱلطَّوْلِ مِنْهُمْ وَقَالُوا۟ ذَرْنَا نَكُن مَّعَ ٱلْقَـٰعِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jiddu jahd qilinglar», – deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zodagonlari: «Bizni tek qo`y, o`tiruvchilar bilan birga bo`laylik», – deb izn so`raydilar.«Аллоҳга иймон келтиринглар ва Унинг Расули билан жидду жаҳд қилинглар», – деб сура нозил қилинган пайтда улардан бой-зодагонлари: «Бизни тек қўй, ўтирувчилар билан бирга бўлайлик», – деб изн сўрайдилар.Alauddin Mansour: Qachon: «Allohga iymon keltiringiz va Uning paygʻambari bilan birga jihod qilingiz», degan biron sura nozil qilinsa, ulardan boy-badavlat boʻlgan kimsalar sizdan (qolish uchun) izn soʻraydilar va «Bizni qoʻygin, anavi qolguvchi (maʼzur, uzrli kishilar) bilan birga boʻlaylik», deydilar.Қачон: «Аллоҳга иймон келтирингиз ва Унинг пайғамбари билан бирга жиҳод қилингиз», деган бирон сура нозил қилинса, улардан бой-бадавлат бўлган кимсалар сиздан (қолиш учун) изн сўрайдилар ва «Бизни қўйгин, анави қолгувчи (маъзур, узрли кишилар) билан бирга бўлайлик», дейдилар.

200-sahifa · 10-juz · 20-hizb200-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَآva qachonkiва қачонкиأُنزِلَتْnozil qilinsaнозил қилинсаسُورَةٌbir suraбир сураأَنْdebдебءَامِنُوا۟iymon keltiringlarиймон келтирингларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَجَـٰهِدُوا۟va jihod qilinglarва жиҳод қилингларمَعَbilanбиланرَسُولِهِUning RasuliУнинг Расулиٱسْتَـْٔذَنَكَsendan izn soʻrarlarсендан изн сўрарларأُو۟لُوا۟egalariэгалариٱلطَّوْلِboylikбойликمِنْهُمْulardanуларданوَقَالُوا۟va aytdilarва айтдиларذَرْنَاbizni tek qoʻyбизни тек қўйنَكُنboʻlaylikбўлайликمَّعَbilanбиланٱلْقَـٰعِدِينَoʻtiruvchilarўтирувчилар
TafsirТафсир

Iymoni bor jihod qiladi. Iymoni yoʻq–munofiq jihoddan qochadi. Iymoni bor iymoni yoʻlida hamma mashaqqatlarni koʻtarishga tayyor. Ammo, munofiq faqat jonining rohatini koʻzlaydi. Qaysi tomonda rohat boʻlsa, qayerda oʻzining manfaati boʻlsa, oʻsha tomonga oʻtadi. Hech gap yoʻq, hamma narsa joyida boʻlgan paytda koʻpchilikning oldiga tushib, koʻksiga urib, men musulmonman, men moʻminman, deb yuradi. Ammo, iymon himoyasi uchun jihod kerak boʻlib qolsa, jihodga imkoniyati boʻlaturib, ayniqsa, boy-zodagonlari jihodga bormay xotinlar bilan oʻtirib qolishga izn soʻraydi. Munofiqlarda gʻurur, izzat-nafs va mardlik umuman boʻlmaydi. Ular oʻz jonlari rohati uchun har qanday pastkashlikka tayyorlar.